Isroil harbiy-havo kuçlari Ğazo sektoriga zarbalar berişni boşladi. Bu haqda TASS agentligi xabar tarqatgan.
Isroillik harbiylar XAMAS harakati pozitsiyalarini öqqa tutgan. Bu hujumlarga Ğazo sektoridan Isroil hududiga yöllangan raketalar sabab bölgan.
Bundan avvalroq Ğazodan uçirilgan snaryada Isroil janubida avtobusga kelib tekkani xabar qilingandi. Buning oqibatida bir kişi oğir tan jarohati olgan.
Sky News Arabia telekanali ma'lumotiga köra, Ğazo sektoridan Isroil tomon 20dan ortiq raketa uçirilgan.
Isroil 17 oktabr kuni ham Ğazodan uçirilgan raketalar hujumiga duçor bölgandi. Öşanda raketalardan biri tinç aholi turar joylariga kelib tuşgandi. Bunga javoban isroillik harbiylar jangarilarning pozitsiyalari böylab hujum uyuştirgandi. Falastin tomoni ma'lumotiga köra, bu hujum oqibatida 10dan ortiq kişi jarohatlanib, bir kişi halok bölgandi.














