Parijda ötayotgan Ölçovlar va oğirliklar böyiça 26-boş konferensiya iştirokçilari Xalqaro birliklar tizimi (SI)ning 7 ta asosiy birligidan 4 tasi – kilogramm, amper, kelvin va molni qayta ta'riflaş böyiça qarorni qabul qildi. Bu qaror bilan kilogrammni belgilaşda qöllangan fizik etalondan voz keçildi. Endilikda SIning barça birliklari fizik doimiylarga boğlandi, kilogrammni belgilaşda esa Plank doimiysidan foydalaniladi.
Joriy qaror bir neça yil davom etgan islohotlarga yakun yasadi: 1983 yilda metrning fizik etalonidan voz keçilib, u yoruğlik tezligining vakuumdagi tezligiga boğlangandi. 2005 yilda olimlar boşqa birliklarni qayta ta'riflaş uçun yana uçta doimiy tanlab olişgan: Plank doimiysi oğirlik birligi – kilogrammni, elementar elektr zaryadi (elektron zaryadi) tok kuçi birligini, Boltsman doimiysi esa termodinamik haroratni belgilaş uçun tanlangan.
Bugungi kungaça kilogramm inson tomonidan yaratilgan buyum – platina va iridiy qotişmasidan tayyorlangan silindrga boğlab kelinardi. Bu etalon Fransiyaning Serv şahrida saqlangan. Davlatlar öz kilogramm etalonlarini vaqti-vaqti bilan şu etalon bilan soliştirib turişgan. Biroq milliy etalonlarning boş etalon bilan oxirgi soliştirilişi natijalari ularning oğirligi boş etalonga nisbatan 100 yil içida 50 mikrogrammga özgarganini körsatgan. Boş etalonning oğirligi qançaga özgargani esa noma'lum, çunki uni soliştiradigan narsaning özi yöq. Köplab ölçaşlarda bunday oğiş işonçsiz natijalarga olib kelişi mumkin.
Endi kilogrammning Plank doimiysiga asoslangan yangi belgilanişi tasdiqlandi. Yangi oğirlik etalonini işlab çiqiş mumkin böladigan qurilma Kibbl tarozisi deb ataladi.
Kilogrammni belgilaşning yangi turi evaziga har bir davlat özining etalon qurilmasini istalgan vaqtda mustaqil işlab çiqişi mumkin.
Yangi qoidalar 16 noyabrda ma'qullandi, biroq 2019 yil 20 mayda – Butunjahon metrologiya kunida kuçga kiradi.









