Bu haqda 10 mart kuni Milliy matbuot markazida «Özstandart» agentligi xodimlari iştirokida bölib ötgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Etalon – biror narsaning ideal namunasi, ölçovi, fan va texnikaning muayyan taraqqiyot darajasida eng yuqori aniqlikka erişilgan ölçov asbobi.
«Bu asbobning qulayligi bilan bir qatorda narxi qimmatligini ham aytib ötiş kerak.
Milliy etalon bazasida yuqori aniqlikdagi ölçov vositalarining kuzatuvçanligini va metrologik nazoratni ta'minlaş maqsadida qöllaniladigan 12 dona etalonlar mavjud bölib, mazkur milliy etalonlar yordamida respublikaning maşinasozlik, soğliqni saqlaş, toğ-kon, metallurgiya, aviasozlik, yengil sanoat, atom energetikasi, kimyo sanoati kabi sohalarda 511dan ortiq yuqori aniqlikdagi ölçov vositalarning metrologik nazorati ta'minlanadi.
Biroq texnik imkoniyatlar mavjud emasligidan kelib çiqqan holda 1144 dona namunaviy ölçaş vositalari xorijiy metrologiya institutlariga kalibrlaşga olib çiqilmoqda», – dedi Özbekiston milliy metrologiya instituti direktori Lazizbek Saidoripov.
Ma'lum qilinişiça, sanoat ehtiyojlarini kengroq qamrab oliş maqsadida 2018-2022 yillar davrida jami 5 808 ming dollar qiymatli 21 dona etalonlar xarid qilinişi közda tutilgan.
Bu esa öz navbatida qöşimça 2122 dona namunaviy ölçov vositalari ustidan metrologik nazoratni qamrab olişga imkon yaratadi.
Xususan, 2018-2019 yillarda qiymati 756 ming dollardan ortiq qiymatga ega 9 dona etalonlar xarid qilinib, laboratoriyalarga örnatildi.
Bundan taşqari, «Özbekiston milliy metrologiya instituti» davlat korxonasi 16ta ölçaş yönalişlari böyiça kalibrlaş xizmatlariga akkreditatsiya doirasini kengaytirgan bölib, hozirgi kunda qöşimça 62 dona (jami 78 dona) ölçaş yönalişlari böyiça kalibrlaş xizmatlariga akkreditatsiya doirasini kengaytiriş yuzasidan işlar amalga oşirilmoqda.











