Saudiya Arabistoni podşohlik oilasining a'zolari şahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud taxtga çiqişiga qarşilik bildirişmoqda. Bu jurnalist Jamol Qoşiqçining öldirilişi tufayli yuz beryapti. Bu haqda Reuters agentligi seşanba kuni podşohlik saroyiga yaqin uç manbaga tayanib xabar qildi.

Ularning ma'lumotiga köra, önlab şahzodalar va boşqa qarindoşlar valiahd şahzoda taxtga çiqişiga qarşilik bildirişmoqda. Ular şahzodaning otasi - 82 yoşli podşoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud tirikligida buni qilişmaydi.

Manbalardan birining aytişiça, podşohlik oilasi podşoh Salmonning yagona ukasi - şahzoda Ahmadni qöllab-quvvatlaş niyatida. AQŞ yuqori martabali mulozimlari ham voris sifatida uning nomzodini qöllab-quvvatlaşgan, deya aytib ötişdi manbalar.

Ularning ma'lumotiga köra, Qöşma Ştatlarda valiahd şahzodaga munosabat nafaqat jurnalistning öldirilişiga aloqadorlik böyiça ayblovlar, balki Muhammad bin Salmonning Rossiyadan qurol sotib oliş masalasi böyiça pozitsiyasi tufayli ham özgargan. Valiahd şahzodaning podşohlik Mudofaa vazirligiga 15 mayda yuborilgan maktubida aytilişiça, «Rossiyadan qurol, jumladan, S-400 zenit raketa tizimlarini sotib olişga e'tibor qaratiş kerak».

Eslatib ötamiz, avvalroq MRB Qoşiqçini öldirişga kim buyurtma berganini aniqlagandi.