Samarqand viloyati, Bulunğur tumani tibbiyot birlaşmasiga Lutfullo Saydulloyeviç Mahmanov rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Qayd etiş kerakki, biroz avvalroq Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Erkinjon Turdimov Kattaqörğon şahrida Payariq, Qöşrabot, Iştixon, Paxtaçi, Narpay, Nurobod, Kattaqörğon şahri va tumani tibbiyot xodimlari bilan uçraşuv ötkazgandi. 

Hududlardagi davolaş-profilaktika muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, kadrlar bilan ta'minlaş hamda aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oşiriş borasida olib borilayotgan işlarga tanqidiy baho berilgan uçraşuvda Lutfullo Mahmanov öz faoliyatida qator xato va kamçiliklarga yöl qöygani uçun Narpay tumani tibbiyot birlaşmasi rahbarligidan olingandi. 

Viloyat rahbari ayrim tumanlardagi tibbiyot muassasalarida bemorlar uçun şaroitning yetarli emasligi, ularni dori-darmon, sifatli oziq-ovqat, içimlik suvi bilan ta'minlaş ahvoli qoniqarsizligini tanqid qilgandi.