Akasini qasddan öldirgan
Kun.uz tanişgan sud hujjatlariga köra, jinoyat 12-fevral kuni Narpay tumanida sodir qilingan.
1968-yilda tuğilgan A.S. va uning akasi, marhum U.S. tumanning Mirzo Uluğbek massivida baliqçilik bilan şuğullanib kelgan. Aka-ukaning baliq hovuzlari yonma-yon bölgan. Ular öşa kuni zovur suvi ustida tortişib qolişgan.
A.S. akasi zovur suvini öz hovuziga yönaltirayotganini körib, u bilan janjallaşgan. Söngra akasini öldiriş maqsadida vagonda saqlab kelgan ov miltiğini olib çiqib, uning yuz qismiga bir marta öq uzgan. Oqibatda aka oğir tan jarohati olib, vafot etgan.
“Ördaklarni otmoqçi edim”
A.S. sudda aybiga qisman iqror bölgan va miltiqni hovuziga kelib qöngan ikki ördakni otiş uçun olib çiqqanini aytgan.
“Ertalab soat 6:00 larda turib, terak qalamçasini ekdim. Söng çoy içib ötirganimda kölga ikkita ördak qöndi. Vagondan ov miltiğimni olib çiqib, ördaklarni otdim. Uning bittasi kölga tuşdi, ikkinçisi uçib ketdi.
Uvat böylab borayotgan vaqtimda dup-dup etgan ovoz eşitildi. Qarasam, akam menga kelayotgan suvni oçib yuborayotgan ekan. Nega bunday qilayotganini söraganimda haqorat qilib, ketmon bilan urmoqçi böldi. Ketmonni qaytargan vaqtimda akam yoqamdan tortdi va şu payt miltiqning taxta qismi yerga tegib, otilib ketdi. U qöli bilan otilgan joyini uşladi, mendan keçirim söradi va yiqildi”, degan uka öz körsatmasida.
Söngra A.S. mahallasi profilaktika inspektori oldiga borib, akasini otib qöyganini aytgan.
Jazo
Holat yuzasidan qözğatilgan jinoyat işi JIB Narpay tuman sudida körib çiqildi va hukm öqildi. Sud hukmi bilan A.S. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni (qasddan odam öldiriş) sodir qilişda aybli deb topildi. Unga 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Kun.uz uşbu jinoyat haqida avvalroq boş prokuror matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov ma’lumotiga asoslanib xabar bergandi









