Jahon | 00:34 / 30.11.2018
26074
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik milliarder o‘z kompaniyasi pullarini kazinoda yutqazib qo‘ydi

Foto: AP

Xitoyning smartfon ishlab chiqaruvchi Gionee kompaniyasi asoschisi va rahbari Lyu Liron kazinoda yirik miqdordagi summani yutqazib, o‘z kompaniyasini bankrotlik yoqasiga keltirib qo‘ydi. Bu haqda Tech in Asia nashri xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, biznesmen Saypan orollaridagi kazinolardan birida 10 mlrd yuanga (1,4 mlrd dollar) yaqin pulni qimorda yutqazib qo‘ygan.

Lyuning aytishicha, yutqazilgan pul ancha kamroq – “milliardga yaqin” bo‘lgan. Aytish joizki, tadbirkor qanday valyutadagi pulni yutqazganini aytmagan. U qimorga kompaniyaga tegishli mablag‘ni ham sarflab yuborganini tan olgan. Tadbirkor yutqazib qo‘ygan aniq summani kompaniya bankrotlik jarayonini boshlaganda ma'lum qilishga va'da bergan.

2002 yilda tashkil etilgan Gionee o‘z faoliyatining ilk yillarida simli telefonlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, biroq keyinroq smartfonlar ishlab chiqara boshlagan. Kompaniya arzon qurilmalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan raqobatlasha olmagan va xalqaro bozorga chiqolmagan. 2016 yildan kompaniyaning har oylik zarari 29 mln dollarni tashkil qilgan.

Mavzuga oid