Qozoğistonning Moliyaviy monitoring agentligi Maxa.dxb nomi bilan tanilgan bloger Mahmud Hikmatovni xalqaro qidiruvga berdi.

Özbekiston fuqarosi bölgan Hikmatov 2000-yilda tuğilgan. U noqonuniy internet-kazino reklamasida gumon qilinmoqda. Sud unga nisbatan sirtdan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini tanladi.

Moliyaviy monitoring agentligining ta’kidlaşiça, Qozoğistonda qimor öyinlari uçun interfeys yaratiş, ekvayring, mobil pul ötkazmalari va kriptovalyuta orqali tölovlarni qayta işlaş, şuningdek, foydalanuvçilarni jalb qiliş uçun reklamani öz içiga olgan sxema mavjud edi.

Ta’kidlanişiça, Hikmatov kazinolarni tarğib etiş uçun qozoğistonlik blogerlarni jalb qilişga mas’ul bölgan. Ulardan reklama narxini aniqlaş uçun ijtimoiy tarmoq statistikasi - demografiya, obunaçilar geografiyasi va auditoriya qamrovini söragan. Tergov ma’lumotlariga köra, u tarğibotga 35 nafardan ortiq blogerni jalb qilgan.

Sxema iştirokçilaridan biri qozoğistonlik bloger Qamza Q. bölib, u öz maşhurligidan foydalanib, kazinolarga referal havolalarni joylaştirgan va foydalanuvçilarning ötişi uçun mukofot olgan. 6-avgust kuni Qamza Q. Vetnamdan Qozoğistonga ekstraditsiya qilindi.