Xitoyning smartfon işlab çiqaruvçi Gionee kompaniyasi asosçisi va rahbari Lyu Liron kazinoda yirik miqdordagi summani yutqazib, öz kompaniyasini bankrotlik yoqasiga keltirib qöydi. Bu haqda Tech in Asia naşri xabar berdi. 

Ma'lum qilinişiça, biznesmen Saypan orollaridagi kazinolardan birida 10 mlrd yuanga (1,4 mlrd dollar) yaqin pulni qimorda yutqazib qöygan.

Lyuning aytişiça, yutqazilgan pul ança kamroq – “milliardga yaqin” bölgan. Aytiş joizki, tadbirkor qanday valyutadagi pulni yutqazganini aytmagan. U qimorga kompaniyaga tegişli mablağni ham sarflab yuborganini tan olgan. Tadbirkor yutqazib qöygan aniq summani kompaniya bankrotlik jarayonini boşlaganda ma'lum qilişga va'da bergan.

2002 yilda taşkil etilgan Gionee öz faoliyatining ilk yillarida simli telefonlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan, biroq keyinroq smartfonlar işlab çiqara boşlagan. Kompaniya arzon qurilmalar işlab çiqaruvçi kompaniyalar bilan raqobatlaşa olmagan va xalqaro bozorga çiqolmagan. 2016 yildan kompaniyaning har oylik zarari 29 mln dollarni taşkil qilgan.