AQŞning yöl xavfsizligi suğurta instituti (IIHS) ma'lumotlariga köra, taşkilot tomonidan 2018 yilda sinovdan ötkazilgan avtomobillarning yarmidan köpining faralari yölni yetarliça yoritmaydi va qarşi yönalişdan kelayotgan haydovçilar közini qamaştiradi. Sinovlar natijalariga köra, 165 ta modeldan 32 tasigina eng yuqori baho olgan.
IIHS faralarni sinovdan ötkazişni 2016 yilda boşlagan. Sinovlarda 31 ta model va 82 ta variantdagi yoruğlik texnikasi iştirok etgan. Öşanda Toyota Prius modelining uzoqni yoritiş nurini avtomatik boşqariş funksiyasiga ega yoruğlik-diodli faralari eng yaxşi, BMW 3-Series’ning faralari esa eng yomon deb topilgandi. Öşa yilning iyunida ötkazilgan keyingi sinovlarda Honda HR-V eng yaxşi optikaga ega deb topilgan. Eng yomon faralar esa Mazda CX-3’da ekanligi qayd qilingan.

2018 yilda institut 165 ta avtomobilni va 424 ta variantdagi yoruğlik texnikasini tekşiruvdan ötkazgan. 32 ta model “yaxşi” baho, 58 tasi “qoniqarli”, 32 tasi “past” baho va 43 tasi eng past baho olgan. Şu tariqa, sinalgan avtomobillarning 67 foizi faralari amaldagi xavfsizlik talablariga mos kelmagan. Eng yuqori baholarni Genesis G90 va Lexus NX modellari olgan. Chevrolet Volt, Genesis G80, Mercedes-Benz E-Class va Toyota Camry modellarining faralari “yaxşi”, Honda HR-V, Toyota C-HR va Infiniti QX60 faralari eng yomon deb topilgan.
Quyida 2018 yilda faralari uçun “yaxşi” va “qoniqarli” baho olgan avtomobillar keltirilgan.

IIHS sinovlari kunning qoronği qismida ötkaziladi. Maxsus sensorlar yordamida har bir turdagi faralar uçun töğri ketayotganda va burilişning 4 ta turidagi (çap va öng burilişlar, ohista va keskin burilişlar) nur miqdori ölçanadi. Bu sinovlarda olingan yuqori baholar IIHS’ning kraş-testlarida eng yaxşi natijalar körsatgan maşinalarga eng oliy mukofot Top Safety Pick+’ni olişga imkon beradi.







