2017 yili Ukraina patrul politsiyasi boşqarmasi xodimlari şu vaqtgaça deyarli 500 avtomobilni yaroqsiz holatga keltirişgan. Avtofalokatlarga umuman yangi bölgan Mitsubishi Outlander PHEV gibrid maşinalari ham uçramoqda. Hatto, Ukraina IIV rahbari Arsen Avakovning qimmatbaho krossoverlarni avariyaga uçratgan ilk uç politsiyaçini otib taşlaşini aytib hazillaşgani ham buning oldini olmayapti. 

Ukraina partul politsiyasi xodimlari yil boşidan beri umumiy hisobda 461 dona qimmat gibrid maşinalarga talofat yetkazgan, deb yozmoqda «Glavkom» naşri patrul politsiyasi departamentiga tayangan holda. 

Boşqarmaga köra, patrul politsiyaçilar eng köp Kiyev (150 dona), Xarkov (45), Odessa (36), Lvov (34) va Dnepr (33) şaharlarida YTHlar sodir etişgan.

Rovno, Severodonetsk, Lisiçansk va Rubejnoy şaharlarida 3 tadan maşinaga talofat yetkazilgan.

Umuman, sönggi ikki yilda patrul politsiyasi boşqarmasiga 1514 dona xizmat maşinalari berilgan. 2017 yil mayida jiddiy töldirişlar amalga oşirildi. Öşanda Ukraina Milliy politsiyasida 635 ta Yaponiyaning Mitsubishi Outlander PHEV gibrid krossoverlari paydo böldi. 

Bundan avvalroq, Ukraina politsiyasi ehtiyojlari uçun 1,5 mingdan ortiq Toyota Prius avtomobillari yetkazib berilgan edi. 

2016 yili mamlakatda 201 dona xizmat Prius maşinalari yaroqsiz holatga kelgan. Ularning aksariyati, 157 tasi Kiyev politsiyaçilari aybi tufayli YTHga uçragan.