Yaponiyaning Toyota Prius avtomobili sönggi avlod modeli Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi. Avtomobil Qöşma Ştatlarning bir qirğoğidan ikkinçisiga sayohatda eng kam yoqilği sarfladi. Bu haqda Toyota kompaniyasining Amerika bölimi ma’lum qildi.
Safar davomida örtaça yoqilği sarfi 100 km uçun taxminan 2,5 litrni taşkil etdi. Maşinani amerikalik Ueyn Gerdes boşqargan, u Prius maşinasini Los-Anjyeles şahar ma’muriyati binosidan Nyu-York meriyasiga olib borgan.
Safar davomida yöl uzunligi 5168,7 km ni taşkil etdi. Sayohat davomida Toyota Prius 2100 metr balandlikka kötarilib, havo harorati 40°S ga yetgan Moxave çölini kesib ötdi.
Gerdes sözlariga köra, safar davomida u turli usullar yordamida yoqilği sarfini kamaytirişga harakat qilgan: gaz pedali bilan ehtiyotkor işlagan, töxtaşdan oldin oyoğini gaz pedalidan olgan va köpinça dvigatel bilan tormozlagan.
Beşinçi avlod Toyota Prius 2023 yilda bozorga çiqqan. 193 ot kuçiga ega ikki litrli atmosfera dvigatelli flagman versiyasi 100 km/soat tezlikka 7,5 soniyada erişadi. Uning narxi 28 ming dollardan boşlanadi.







