G20 – eng rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar hukumatlari va markaziy banklari rahbarlari iştirokidagi klub. Bu davlatlarni xayolan birlaştirsak dunyo yalpi mahsulotining 85 foizini, dunyo jami savdosining 75 foizini hamda dunyo aholisining uçdan ikkisini hosil qilamiz. Bular: Avstraliya, Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Kanada, Xitoy, Meksika, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQŞ, Turkiya, Fransiya, Janubiy Koreya, JAR, Yaponiya va Yevropa ittifoqi. Bugunlikda G20 sammitlari xalqaro moliya- iqtisod tizimiga oid hamkorlik va maslahatlaşuvning global forumidir.

Oxirgi sammit 30 noyabr – 1 dekabr kunlari Argentina poytaxtida bölib ötdi. Buenos-Ayresda nimalar muhokama qilindi?

Butunjahon savdo taşkilotini isloh qiliş

Mazkur sammitda “katta yigirmatalik” Butunjahon savdo taşkilotini isloh qilişga kelişib oldi. Bu taşkilotning faoliyati davr talabiga javob bermayotgani, işlari möljalga yetib bormayotgani e'tirof etildi. “Şu sababdan biz Butunjahon savdo taşkiloti islohotini qöllab-quvvatlaymiz”, – deyiladi yakuniy deklaratsiyada.

Iqtisodiyot

G20 davlatlari iqtisodiyot ösişiga erişiş uçun barça siyosiy çoralarni körişga kelişib olişdi. Ötgan davrda mamlakatlarning bu yönalişdagi harakatlari “oz uyğun bölganligi” va “ba'zi xavflar yuzaga çiqqani” e'tirof etildi.

Iştirokçilar valyuta va soliq siyosatini bir maromda, iqtisodiy ösiş va narxlar turğunligini ta'minlovçi şaklda olib borişga qaror qilişdi.

Migratsiya

Şu jumladan “yigirmatalik” noiloj migratsiya sabablarini bartaraf etiş ustida işlaşga kelişib olişdi.

Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy notinçlik körinişlari natijasida ötroq aholining öz yurtidan boşqa joyga qoçişi hammani xavotirga solayotgani, buning sabablarini birgalikda bartaraf etiş, qiynalganlarga gumanitar yordam körsatiş böyiça hamkorlik qiliş muhim ahamiyat kasb etişi e'tirof etildi.      

Iqlim

Yakuniy deklaratsiyaning yana bir qismi Iqlim böyiça Parij bitimiga bağişlandi. Sammit iştirokçilari bu bitimning sobitligini e'tirof etişdi va bajarilişini ta'minlaşga kelişişdi. Xususan iştirokçilar iqlim özgarişiga qarşi kuraşni davom etiş istagini bildirişdi.