Vladimir Putin 14–15-dekabr kunlari Mayamida bölib ötadigan G20 sammitiga taklif qilindi, dedi AQŞ davlat kotibi Marko Rubio jurnalistlarning savollariga javob berar ekan.
«Öylaymizki, bu uning uçun nafaqat [AQŞ] prezidenti, balki jahon yetakçilari bilan muloqot qiliş imkoniyati böladi. Umid qilamizki, bu taklif qabul qilinadi», - dedi Rubio.
Uning qöşimça qilişiça, «agar faqat özingiz rozi bölgan odamlar bilan uçraşsangiz, albatta, bu juda yoqimli uçraşuvlar böladi, ammo muammolarni hal qiliş nuqtai nazaridan heç narsa özgarmaydi». «Muammolarni hal qiliş uçun özingizga maʼqul bölmagan odamlar bilan uçraşişingiz kerak», - dedi davlat kotibi.
Moskva energetika sohasida öt oçişni töxtatişdan manfaatdormi, degan savolga Rubio şunday javob berdi: «Öylaymanki, ikkala tomon ham don va energetikaga taalluqli bölgan qisman öt oçişni töxtatişga qiziqiş bildirgan. Bu uruş muammosini hal qilmaydi, lekin menimça, hozir sezilayotgan baʼzi global taranglikni maʼlum darajada yumşatişga imkon beradi».
Ikki kun avval Bloomberg Putinning Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorlik (OTIH) sammiti uçun Xitoyga bormoqçi ekani, biroq G20 sammitini ötkazib yuborişi haqida yozgan edi. Agentlik manbalari Putinning Floridadagi sammitda Trampga qöşiliş ehtimolini «juda past» deb atadi.
Putin oxirgi (va Ukrainadagi uruş boşlanganidan beri yagona) marta 2025-yil 15-avgustda Alyaskada Donald Tramp bilan şaxsan uçraşgan, biroq bu uçraşuv heç qanday közga körinarli natijaga olib kelmagan.








