Kelasi hafta Hyustonda bölib ötadigan G20 energetika vazirlari yiğilişida Rossiya rasmiy vakili iştirok etadi. Bu haqda juma kuni Oq uy vakili maʼlum qildi, deb yozdi Reuters.

«G20 Ministerial Meeting on Energy Abundance» deb nomlangan tadbir duşanbadan çorşanbagaça bölib ötadi. Unda Amerika tomonidan içki işlar vaziri Dug Burgum, energetika vaziri Kris Rayt va Oq uy vakili Jarrod Eygen iştirok etişi kutilmoqda. Vaşington rossiyalik iştirokçining ismini darhol oşkor qilmadi. Yiğilişga Yevropa va Osiyodan ham energetika sohasi rasmiylari taklif etilgan.

Bu qisqa vaqt içida Rossiyaning «Katta yigirmatalik» formatlariga qisman qaytayotganidan darak beruvçi ikkinçi işoradir. Avgust oyida AQŞ moliya vaziri Anton Siluanovga 2022-yilda Ukrainada uruş boşlanganidan buyon ilk bor Şimoliy Karolinadagi G20 yiğilişida şaxsan qatnaşişga ruxsat bergandi.

Rasman yiğiliş mavzusi – «energetik möl-köllik». Aslida esa kun tartibi ança keskin. Yevropalik auditorlar yaqinda YEI Rossiya nefti va gazidan voz keçiş jarayoni rejalaştirilganidan sekinroq ketayotganini hamda qiş oldidan gaz zaxiralari pastligiça qolayotganini tan oldi. Şu bilan birga, Ukrainadagi uruş va Eron atrofidagi vaziyat tufayli bozorlarni talvasa bosmoqda: AQŞda dizel yoqilğisi galloni 6 dollardan oşib, rekord örnatdi, Hörmuz böğozi neft va gaz yetkazib beriş uçun amalda yopilgan, AQŞning özida esa maʼlumotlar markazlari qurilişi energetika tizimiga bosim ötkazyapti.

Siyosiy muhit ham tarang, deb hisoblamoqda Reuters. Donald Tramp yaqinda Vladimir Putin bilan «aʼlo darajadagi» suhbat ötkazgani va Moskvaning Ukraina böyiça kelişuv tuziş istagi borligi haqida gapirgandi. AQŞ, Ukraina va Yevropa davlatlari razvedkasi bu niyatlarning jiddiyligiga şubha bilan qaramoqda. Ayni vaqtda, AQŞ Vakillar palatasi, katta ehtimol bilan, Hyuston yiğilişi kunlarida Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar böyiça ovoz beradi. Qonun loyihasining qabul qilinişi kafolatlanmagan.

Tramp maʼmuriyatining Ukrainadagi uruş böyiça Rossiyaga qarşi birinçi sanksiyalari 2025-yil oktabr oyida joriy etilgan bölib, «Rosneft» va «Lukoyl»ga taʼsir qilgan edi.

Rossiya vakilining G20 energetika yönalişidagi yiğilişda iştirok etişi Vaşingtonning sanksiyalar bosimini olib taşlamagan holda neft va gaz bozorlari böyiça muloqot kanalini saqlab qolişga urinişi ölaroq körilmoqda.