1 dekabr kuni Toşkent şahri kinoteatrlarida “Scorpion” trillerining premerasi bölib ötdi.  

Ilk dam oliş kunlarida kartinani tomoşa qiliş uçun kinoteatrlarga 15 mingdan ortiq tomoşabin taşrif buyurdi. Boşqa filmlar namoyişiga keladigan tomoşabinlar soni bilan taqqoslaganda, bu körsatkiç 15-20 barobarga köp. Alişer Navoiy nomidagi kino saroyi ma'muriyatidan ma'lum qilinişiça, kinoixlosmandlarining talabidan kelib çiqqan holda deyarli barça kinozallarda beş smenada ham “Scorpion” filmi namoyiş etilmoqda. 

Eslatib ötamiz, Özbekiston yoşlar ittifoqi tomonidan Muxlisa Azizova rejissyorligida olingan “Scorpion” trilleri 27 noyabr kuni IV PROlogue xalqaro kinofestivalining oçilişida gala-premera qilingan edi. Kartina şu kunning özidayoq özbek va xorij kinosi vakillari tomonidan yuksak e'tirof etildi. 

Triller Toşkent, Buxoro, Sankt-Peterburg va Marokaşda suratga olingan. 

Yoşlar örtasida xalqaro jinoyatçilikka qarşi kuraşişga da'vat etuvçi filmda Farhod Mahmudov, Karim Mirhodiyev, Yulduz Rajabova, Ra'no Şodiyeva kabi taniqli aktyorlar iştirok etdi. Şuningdek, rollarda maşhur turkiyalik aktyor Murat Yildirim va rossiyalik aktyor Vyaçeslav Razbegayev rol ijro etgan. 

Film ssenariy muallifi Bob Andervud (AQŞ), kartina operatori Maks Tsui (Germaniya). Ovoz ustida işlaş jarayoni «Mosfilm» kinokonserni mutaxassislari tomonidan amalga oşirilgan. Rang-tasvir esa Moskvaning Color Kitchen kompaniyasi hamkorligida olib borilgan. Filmning ovoz dizayni ustida amerikalik ovoz rejissyori Geri Burjua işlagan.

Kartina tizeri bir kun içida bir million martadan ortiq tomoşa qilingan edi.