Internet tarmoqlarida 2018 yilning eng uzoq kutilgan – «SCORPION» badiiy filmi treylerining qisqa tizeri ham joylaştirildi. Joriy yilning 27-30 noyabrida Toşkentda bölib ötadigan «PROlogue» Xalqaro kinofestivalini kinorejissyor Muxlisa Azizovaning uşbu filmi oçib beradi.

1. Bunday yirik masştabdagi kinoloyiha Özbekistonda birinçi bor amalga oşirildi. Asosiysi – original syujyet va ssenariy. Mazkur filmda aksariyat özbek filmlari uçun odatiy  bölib qolgan sevgi iztiroblari, qaynona-kelin munosabatlari va boşqa maişiy mavzulardan voz keçilgan. Portlaşlar, avtohalokatlar, otişma va poygalar, maxsus operatsiya va jinoyatçilarning maxfiy yiğinlari, harbiylar, vertolyot va snayperlar – bularning hammasi filmga özgaça ruh bağişlaydi.

2. Taniqli aktyorlar jamoasi. Filmda Rossiya Federatsiyasida xizmat körsatgan artist, «Brigada» serialidagi roli bilan tanilgan Farhod Mahmudov, «Osiyo Oskari» mukofotiga nomzodlar safida şort listga kirgan Karim Mirhodiyev, taniqli va sevimli aktrisamiz, Özbekistonda xizmat körsatgan artist Ra'no Şodiyeva kabi taniqli aktyorlar hamda yoş, umidli aktyorlar Yulduz Rajabova va Akbarxöja Rasulovlar iştirok etişdi. Şuningdek, özbek tomoşabinlariga «Osiyo» filmidagi Demir roli orqali yaxşi taniş bölgan Murat Yildirim (u «Buyuk yolğon», «Böron», «Muhabbat va jazo» singari turk seriallarida ham suratga tuşgan), Rossiya Federatsiyasi kino olamida taniqli bölgan Vyaçeslav Razbegayev ham kartinada turli obrazlarni yaratişgan.

3. Gollivudça sifat. Tasvir va ovoz uyğunligi, maxsus effektlar, tasvirga oliş işlari keçgan Marokaş, Kasablanka, Rossiya, Sankt-Peterburg, Özbekiston, Buxoro kabi kino lokatsiyalar sizga Gollivud filmlarini eslatib yuborsa ajab emas.

Filmning asosiy ssenariy muallifi sifatida amerikalik kinodramaturg, qator maşhur loyihalar muallifi Bob Andervud  nomi ham sizga köp narsani va'da qiladi. 

Film operatori – germaniyalik taniqli ijodkor Maks Ttsui. Ovoz ustida işlaş jarayoni «Mosfilm» kinokonserni mutaxassislari tomonidan amalga oşirildi. «Legenda 17», «Dvijyeniye vverx», «Viking» kabi filmlarining rang-tasvir işlarini amalga oşirgan Moskvaning «Color Kitchen» kompaniyasi hamkorligida olib borildi.

Kartinani ovozlaştiriş ustida amerikalik ovoz rejissyori Geri Burjua işladi. U «Born ustunligi» (Prevosxodstvo Borna) va «Ilk qasoskorlar» (Pervyye mstitel) filmlarida ham bu vazifani a'lo darajada amalga oşirganligi bilan maşhurdir.