Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA «Milliy» stadioni chimini yangilashga pul ajratadi
Toshkentda FIFA Forward dasturi bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator masalalar muhokama qilindi. Qatnashchilarga FIFA Forward dasturidan unumli foydalanish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
O‘FA sayti xabariga ko‘ra, seminar so‘nggida FIFA vakillari Elia de Santis va Leonard Greter «Milliy» stadioniga tashrif buyurishdi. Ular yangi mavsum oldidan, stadion chimini FIFA Forward dasturi orqali yangilash bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan chora-tadbirlar haqida tegishli ko‘rsatmalar berishdi.
Mazkur loyiha bo‘yicha kelgusida «Milliy» stadionining chimini yangilash ishlari FIFA Forward dasturi orqali moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, FIFA vakillari «Milliy» stadion bilan yaqindan tanishib, faxriy mehmonlar kitobida o‘z tilaklarini yozib qoldirishdi.
Mavzuga oid
21:24 / 10.04.2026
AQSh elchixonasi JCh-2026 chiptasi egalari uchun viza suhbatiga yozilish tartibini e’lon qildi
10:15 / 01.04.2026
Iroq JChning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi
16:55 / 21.03.2026
FIFA kunlari uchun O‘zbekiston milliy jamoasining tarkibi e’lon qilindi
21:14 / 21.11.2025