Finlyandiyaning Turku arxipelagida dunyodagi ilk boşqaruvçisiz parom Falco işga tuşirildi. U Rolls-Royce va Finlyandiyaning Finferries kompaniyalari hamkorligida yaratilgan.   

Ta'kidlanişiça, Falco avtomobillarni taşişga möljallangan va 50 tagaça avtomobilni taşiy oladi. Unda Rolls-Royce’ning mahalliy markazida işlab çiqilgan avtonom texnologiya örnatilgan. Parom oldindan belgilangan yönaliş böyiça harakatlanadi va yölida uçraydigan boşqa suziş vositalarini çetlab öta oladi. Parom sardori va ekipaj a'zolari uni boşqarişda iştirok etmaydi.

Parom yaratuvçilarining fikriça, yangi texnologiyalar inson omili ta'sirini kamaytirişga imkon beradi.

Finferries ijroçi direktori Mats Rusinning aytişiça, endi avval imkoni bölmagan joylarda ham parom aloqasini yölga qöyiş mumkin böladi.