Oliy majlis Qonunçilik palatasi va senatdan iborat Özbekiston parlamenti köp yillardan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Jumladan bugun, 13 dekabr kuni Oliy Majlis Senatining yangi XVII yalpi majlisi oçildi. Bu uzluksiz va tabiiy davom etayotgan jarayon. Lekin nega bizda deputatlar yoki senatorlarning özaro bahslari deyarli kuzatilmaydi?
Har bir baho qiyoslovlar bilan beriladi. Xorij, ayniqsa rivojlangan davlatlar parlamentlaridagi siyosiy jarayonlarni kuzatsangiz unda biror masala böyiça qarorlar bahslarsiz qabul qilinmaydi. Deputatlar ayrim paytlarda öz fikrlarini himoya qilib şu darajada qizişib ketadilarki, bir-birlari bilan muştlaşiş darajasiga borişadi. Ammo Özbekiston parlamentida hamişa sokinlik hukm suradi, yengilgina bahslar ham omma e'tiboriga tuşmaydi.
Albatta, bu xorijdagi ayrim misollardagidek muştlaşişga havas qiliş emas. Ammo nahotki bir mamlakat hayotiga oid eng muhim qonun hujjatlari qabul qiliniş jarayonida haqiqiy bahslar kuzatilmasa?
Töğri, sönggi ikki yilda ozmi-köpmi fikrlar töqnaşuvi yuz bergandek böldi. Misol tariqasida, deputat Akmal Umurzoqovning propiska tizimini bekor qiliş poytaxtda jinoyatçilik ortişiga sabab bölişi, bu inson huquqlarining çeklanişi emasligi haqidagi fikriga javoban (balki javoban emasdir) yana bir deputat Rasul Kuşerbayev propiska tizimining demokratik tamoyillarga mos kelmasligi töğrisidagi fikrlarini öqidik.
Yoki XVII yalpi majlisining ilk kunida senator Jahongir Ortiqxöjayevning daromad soliği 12 foiz, QQS miqdori esa 20 foiz ekani, Qozoğistonda bu raqamlar mos ravişda 10 va 12 foizni taşkil etişini nazarda tutib «Sarmoyador Markaziy Osiyoga kirib kelganda, mintaqadagi bozorga qaraydi. Sarmoyadorlar uçun kuraşda bizning asosiy raqobatçimiz - Qozoğiston. Bu borada Qozoğistonga nisbatan ustunligimiz bormi?», degan e'tiroziga javob tarzida Moliya vaziri Jamşid Qöçqorovning sarmoyadorlarni faqat past körsatkiçdagi soliq stavkalari bilan jalb etib bölmasligi, bu jarayonga ta'sir etuvçi boşqa omillar ham mavjudligini nazarda tutib aytgan gaplarini öqidik.
«QQS, asosan, importga nisbatan qöllanadi. Bu esa içki bozorda raqobatbardoş muhitni yaratiş uçun şaroit yaratadi», - dedi vazir.
Bundan taşqari, sönggi yillarda faolligi bilan ijtimoiy tarmoqlar qahramoniga aylangan deputat Rasul Kuşerbayevning turli mavzulardagi ehtiyotkorlik bilan çiqişlarini ham şu qatorga qöşiş mumkin.
Ammo bularning birortasini haqiqiy bahs deb baholaş qiyin. Aslida bunga arziydigan masalalar talaygina. Uzoq yillar vakolati nazorat qilinmagan deya tan olingan MXX (DXX) isloh qilinganida, hokimlar saylanganida yoki hisobot berganlarida, vazirlar sohaga oid ma'lumotlar taqdim qilganlarida, taşqi işlarga oid masalalarda va nihoyat hukumat faoliyati tahlil qilinganida...
Bu jarayonlarning hammasi nihoyatda silliq keçadi va odatda yakdil xulosa bilan yakunlanadi.
Yana bir qiziq jihat – doim kuzatiladigan umumiylik bor. Parlamentning barça a'zolari öz fikrlariga prezident sözlari bilan zeb berişni, davlat rahbari gaplari bilan mustahkamlaşni va şu tarzda himoyalanişni yaxşi körişadi. Va negadir şu usul qöllanganda odatda javoblar bölmaydi.
Deputatlar va senatorlarga ulkan imtiyozlar berilgan. Ammo ular orasida şunça majlislarga qatnaşib, biror marta arzirli fikr bildirmaganlari ham talaygina.
Axir deputat özi va saylovçilari qaraşlarini ifoda etiş, kerak bölsa himoya qiliş uçun bu yerda ötirmayaptimi? Zarur paytlarda bahslaşib bölsa-da öziga işonib jönatgan insonlar manfaati uçun yutib çiqişga urinişi kerak emasmi?
Kim bilsin, balki hamon bu yölning boşidadirmiz?..
Abror Zohidov












