Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev özining Telegram kanalida şu kunlarda muhokama markazida bölib turgan propiska mavzusiga öz munosabatini bildirdi.

«Oçiği şu propiska masalasidagi fikrlarni öqib turib söz va fikr erkinligi bugungi kunimizning eng muhim yutuği ekanligini anglayapman. Nima bölganda ham yaxşimi yomonmi fikr borligi muhim. Masalan, ayrimlardan farqli ravişda men propiska tizimini insonda tuğilişdan oldin joyni tanlab dunyoga keliş imkoniyati bölmagani uçun real turmuşimizdagi adolatli rejim, deb ayta olmayman. Bu mening şaxsiy fikrim, yoqadimi yöqmi bunisi menga qiziqmas. Bu mening fikrim!», - deydi R.Kuşerbayev.

Bundan avval Oliy Majlis Qonunçilik palatasining boşqa bir deputati Akmal Umurzoqov ham şu mavzuda fikr bildirib, propiskani inson huquqlarining buzilişi sifatida qaraş mutlaqo xatoligini, agar propiskani bekor qilsa, Toşkentda jinoyatçilik köpayib ketişi mumkinligini ta'kidlagandi.

Propiska tarixi qayerga borib taqaladi?Propiska haqida haqiqatlar