Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Putin va Lukashenkoning gaz bo‘yicha tortishuviga izoh berdi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, davlat rahbari Vladimir Putinning Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan bahsga kirishgani oddiy ish jarayoni sanaladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Matbuot kotibi so‘zlariga ko‘ra, bu shuni ko‘rsatadiki, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi yig‘ilishi samarali tadbirga aylanib bormoqda.
«Amaliy suhbat har doim ham fikrlar birdamligini anglatmaydi. Turli nuqtai nazarlar bildirildi, qator masalalar yuzasidan kelishmovchiliklar ma'lum qilindi. Bu shundan dalolat beradiki, ittifoq barcha ishtirokchi davlatlarning manfaatlariga ta'sir ko‘rsatuvchi jonli mexanizmga aylanmoqda», - deya ta'kidlab o‘tdi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lukashenko va Putin gaz narxi haqida tortishib qolgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:36 / 09.07.2026
Putin Ukraina bilan vaziyatni yanada keskinlashtirishga tayyor - OAV
18:21 / 09.07.2026
Mirziyoyev va Lukashenko muzokaralar yakunlarini sarhisob qildi
16:49 / 09.07.2026
O‘zbekiston va Belarus munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi
14:43 / 09.07.2026