Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bugun, 14 dekabr kuni boş vazir Muxammedkaliy Abilğoziyevga transport va avtomobil işlari vaziri Jamşidbek Kalilovni vazifasidan vaqtinçalik çetlatiş haqida topşiriq berdi. Bu haqda u Qirğiziston Xavfsizlik kengaşi yiğilişi davomida aytib ötdi, deb ma'lum qilmoqda Tazabek naşri.

Avvalroq u soğliqni saqlaş vaziri va transport vaziriga «Tunduq» tizimi joriy etilişi haqida savol bilan çiqqandi. «Siz uçun qanday tösiqlar bor? Sizda vositalar mavjud. J.Kalilov kelmadimi? Unga nima böldi? Siz uçun qanday tösiqlar bor? Mutaxassislar, şaroitlar bor - faqat sizning befarqligingiz tufayli tizim joriy etilmayapti», - dedi u.

Jamşidbek Kalilov

Prezident transport vazirining örinbosari yaqinda pora bilan uşlangani haqida töxtalib, «Qirğiziston Respublikasi butun dunyoga şarmanda bölganini» ta'kidladi.

«Kalilov, örningizdan turing, agar sizning örningizda bölganimda, heç bölmasa tergov davrida ariza yozib, işdan vaqtinçalik ketgan bölardim. 500 ming dollarni hamma muhokama qilmoqda. Men gubernator bölganimda, nogironligi bölgan bolalarning onalari farzandlari haqida qayğurib, işlaşga imkon topişmagan va nafaqa haqida söraşardi. Yaqinda boş vazir bu masalani hal qildi va ular bunday kiçik puldan mamnun bölib ötirişibdi. 500 ming dollar esa - bu nimasi?

Barçani javobgarlikka tortiş kerak. Hurmatli boş vazir, uni işdan vaqtinçalik çetlating, u Xavfsizlik kengaşida ötiribdi, bu qanday şarmandalik?!», - deya darğazab bölgan Jeenbekov.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğiziston boş vaziri sobiq örinbosari qölga olingani, u noqonuniy boyişda gumonlanayotgani xabar berilgandi.