Qozoğiston prezidentining Temirtaudagi Tarixiy-madaniy markazida yangi eksklyuziv eksponat paydo böldi, deb xabar bermoqda Zakon.kz.

Endilikda, har bir taşrif buyuruvçi Nursulton Nazarboyevning avtomobilini yaqindan tomoşa qiliş imkoniyatiga ega.

Qozoğiston prezidenti 2005 yilda işlab çiqarilgan, qora Mersedes S- sinfdagi avtomobildan foydalangan. Mamlakat yetakçisining xavfsizligi nuqtai nazaridan, avtomobil zirhlangan oyna va himoya tizimiga ega. Transport oğirligi 5,5 tonna. Maşina tarixiy-madaniy markazning foyesida örnatildi.

Avtomobil taqdimotining birinçi kunidayoq juda köp odamlar töplandi. Taşrif buyuruvçilar maxsus ekskursiya ötkazuvçiga maşina xususiyatlari haqida köplab savollar berişgan. Tadbirga prezidentning safdoşlari ham taklif etildi.

Foto:Zakon.kz

Eslatib ötamiz, avvalroq birinçi prezident kuniga bağişlab Temirtau tarixiy-madaniy markaziga 16ta yangi eksponat topşirilgandi. Ular Nursulton Nazarboyevning şaxsiy buyumlari, şuningdek, davlat rahbarlari, döstlari va sportçilar sovğalaridir.

Markaz xodimlari sözlariga köra, barça yangi eksponatlar noyob, ammo ularning orasida juda muhimlari ham bor. Misol uçun, Vladimir Putinning sovğasi - Rossiya qişloq xöjaligi böyiça 12 jildlik ensiklopediya. Bu kitoblar 1900-1905 yillarda naşr etilgan. Bunday katta yoşga qaramasdan, ular juda yaxşi holatda, maxsus çarm qoplamda saqlanadi.

Umuman olganda, tarixiy-madaniy markazda 3000dan ortiq eksponatlar mavjud.