BMT Boş assambleyasi KXDRda inson huquqlari buzilişini qoralovçi rezolyutsiya qabul qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Hujjatda aytilişiça, BMTga a'zo davlatlar Şimoliy Koreyada inson huquqlarining «tizimli», «keng tarqalgan» va «qöpol» buziliş holatlarini qoralaydilar.

Şuningdek, Boş assambleya «qiynoqlar va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazolar» haqida kelib tuşayotgan turli xabarlardan taşvişda ekanini bildirdi.

BMT Şimoliy Koreya hukumatini «barça inson huquqlarini hurmat qiliş» va «buzilişlarni zudlik bilan töxtatişga» çaqirdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq KXDR AQŞning yangi sanksiyalarini siyosiy provokatsiya deb atagandi.