Yaponiya Kurilning Iturup va Kunaşir orollarida rossiyalik harbiylar uçun kazarmalar qurilişiga nisbatan norozilik bildirdi. Bu haqda Yaponiya vazirlar mahkamasi boş kotibi Yosixide Suguga tayanib The Mainichi gazetasi xabar berdi.
Uning sözlariga köra, ayni paytda tomonlar hududiy bahs tufayli töxtab qolgan tinçlik şartnomasi böyiça muzokaralarni tezlaştiriş ustida iş olib bormoqda.
TASS xabariga köra, 2018 yil oxiriga qadar Iturup va Kunaşir orollaridagi harbiylar yotoqxonalariga askarlar joylaştiriladi. Şarqiy harbiy okrug matbuot xizmati boşliği polkovnik Aleksandr Gordeyevning qayd etişiça, 2019 yilda Iturupda yana ikkita va Kunaşirda bitta yotoqxona quriladi.
Ikkinçi jahon uruşi yakunlanganidan söng Moskva va Tokio örtasida tinçlik şartnomasi tuzilmagan. Bunga Kuril janubidagi Iturup, Kunaşir, Şikotan va Xabomai orollari böyiça bahsning hal etilmagani sabab bölgan.
Yaponiya Janubiy Kuril orollarini özining şimoliy hududi deb hisoblaydi va ularning Rossiyaga tegişli ekanini tan olmay keladi. Moskva esa hududiy bahs mavjudligini tan olmaydi.












