Özbekiston Ukrainada işlab çiqarilgan mahsulotlarni bojxonada rasmiylaştiruvidan ötkazişni boşladi, deb xabar qilmoqda «Ukrtsukor» Ukraina şakar işlab çiqaruvçilar Milliy assotsiatsiyasi matbuot xizmati Ukraina Iqtisodiy rivojlaniş va savdo vazirligiga tayangan holda.
Assotsiatsiya ma'lumotlariga köra, noyabr oyining örtalaridan boşlab Ukrainadan Özbekistonga yuborilgan şakar va boşqa yuklarni bojxona rasmiylaştiruvidan ötkaziş töxtatilgandi.
Öşanda «Ukrtsukor» korxonasi Ukraina Agrar va oziq-ovqat siyosati vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va savdo vazirligiga Özbekistonga keltirilgan Ukraina mahsulotlari töxtatib qolinayotgani böyiça vaziyatni aniqlaştiriş hamda hal qilişni sörab murojaat qilgan, sababi aynan Özbekiston Ukraina şakarining asosiy importçisi bölib turibdi.
«Şakar kompaniyalari va zavodlari bojxona rasmiylaştiruvidan ötkaziş jarayoni boşlanganini tasdiqladi. Biz savdo munosabatlari yanada iliqlaşişiga umid qilmoqdamiz. Sababi, barça qiyinçiliklarga qaramay, noyabr oyida umumiy şakar eksportining 47 foizi Özbekiston hissasiga töğri keldi», - deya izoh bergan «Ukrtsukor» boşqaruvi raisi örinbosari Ruslana Butilo.
Joriy marketing yilining noyabr oyida Ukraina işlab çiqaruvçilari 70,5 ming tonna şakar eksport qildilar, bu ötgan oyga nisbatan 21 foizga köp. Özbekiston bu borada yetakçi bölib qolmoqda - barça eksportning 47 foizi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Ukrainadan şakar importini töxtatib qöygani xabar berilgandi.

















