Apple korporatsiyasi yangi iPad egalaridan qurilma egilib ketayotgani borasida olingan şikoyatlarga izoh berdi. Kompaniya vakilining aytişiça, bu nuqson bölmay, işlab çiqariş jarayonining ikkilamçi oqibati hisoblanadi, deb yozmoqda The Verge naşri.
Yupqa korpusga ega yangi iPad Pro planşetlari sotila boşlangaç, foydalanuvçilar qurilmani osongina egiş mumkinligiga e'tibor qarata boşlaşgan. Şundan keyin xaridorlar planşet qutidayoq egilgan holda bölganidan şikoyat qila boşlaşgan. Şuningdek, ba'zi xaridorlar planşet işlatiş davomida egilib ketayotganidan arz qilişgan.
Kompaniyada yangi iPad’lar biroz egik holda yetkazilişi mumkinligi tan olingan va bu kamçilik qurilma işlaşiga ta'sir qilmasligi hamda nuqson hisoblanmasligi aytilgan. Ta'kidlanişiça, bu işlab çiqariş jarayonining ikkilamçi oqibati hisoblanadi – qurilma alyuminiy va plastik qismlari sovişi vaqtida egiladi.
Naşr jurnalistining ta'kidlaşiça, egiklik qurilmadan foydalaniş boşlangandan 2 hafta ötib paydo böladi. Kompaniya bunday holatda qurilmani almaştiriş uçun dökonga murojaat qilişni tavsiya qilgan. Biroq naşr xodimi bilan boğliq holatda yangi planşet ham egik holda bölgan.
Apple yangi planşetini 30 oktyabrda taqdim qilgandi. Uning eng arzon, 11 dyuymli versiyasi narxi 900 dollardan yuqoriroq turadi.








