Tuğma karlik nuqsoni bilan dunyoga kelgan 5 nafar bola RRG-003 preparatini olgandan keyin eşitişni boşlagan. RRG-003 gen preparati AQŞning Harvard tibbiyot maktabi va Xitoyning Fudan universiteti olimlari tomonidan işlab çiqilgan.
Klinik sinovlar maktabgaça ta’lim yoşidagi 6 nafar tuğma karlik nuqsoni bor bolada ötkazilgan. Buning uçun yangi preparat quloqqa inʼeksiya orqali yuborildi. Ma’lum muddat ötgaç, olti bemordan beş nafarida eşitiş hamda nutq funksiyalari tiklangan. Olimlar 6 oydan köproq vaqt davomida barça bolalar ahvoli va salomatligini kuzatişgan. Ijobiy xulosaga kelingaç, tadqiqot natijalari keng jamoatçilikka ma’lum qilindi.
Qayd etilişiça, dori quloqqa kiritilişi bilanoq eşitiş qobiliyati bir zumda tiklanib qolmaydi. Muolajaning yaqqol natijalari inʼeksiyadan tört hafta ötib sezila boşlaydi. Dastlab jonivorlar, söng insonlarda ötkazilgan sinovlar muvaffaqiyatli keçganiga qaramay, mutaxassislar yangi davolaş usulini dunyo böylab ommaviy qöllaş uçun hali biroz erta, degan xulosada. Çunki gen terapiyasining xavfsizligi va samaradorligiga töliq işonç hosil qiliş uçun yana ayrim qöşimça tadqiqot hamda kuzatuvlarga ehtiyoj bor. Şu bois u dastlabki bosqiçda bir neça mamlakatdagina tibbiy amaliyotga tatbiq etilişi mumkin.
Ma’lumot uçun, dunyo böyiça 26 million kişi tuğma karlikdan aziyat çekadi. Bunday taşxis qöyilgan bolalar miyasi normal rivojlana olmaydi. Hozirgaça mazkur nuqsonni bartaraf etişda koxlear implantlaridan boşqa samarali davolaş usuli mavjud emas.








