Xorazm viloyati Yangiariq tumani, Gulobod qişloğining Soburzon mahallasida istiqomat qiluvçi fuqarolar 16-son umumta'lim örta maktabida farzandlarining ta'lim olişi uçun şaroitlar oğir ekani haqida Kun.uz tahririyatiga şikoyat qilişgan edi.

Biz öquv dargohidagi vaziyatni örganib, suriştiruv ötkazib, bu haqda Yangiariq tumanidagi 16-son maktab «Obod qişloq» dasturi asosida «obod qilindi» nomli tanqidiy maqolani çop etgan edik.

Şundan söng, vaziyatga Xorazm viloyati IIB va viloyat prokuraturasi aralaşdi. Maqoladagi faktlar tekşirilib, pudratçi korxonaning işi tahlil qilindi. Bajarilgan işlar hajmi ölçanib, sarflangan byudjyet mablağlari taftiş qilindi. Maktabning ta'mirlanişida yöl qöyilgan kamçiliklar bartaraf qilindi.

Xususan, maktab tomining çakka ötgan joylari qayta ta'mirlanib, yaroqli holatga keltirildi.

Sportzal ta'mirlanib, pol böyaldi, isitiş moslamalari yopildi. Endi oynalarga temir tör örnatilsa kifoya.

Sport maşğulotlaridan keyingi kiyiniş va yuviniş xonalariga santexnika uskunalari örnatildi, kanalizatsiyaga ulandi.

Fizika va kimyo fani kabineti ta'mirlanib, tayyor holatga keltirildi. Endi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan maktabga maxsus jihozlar, laboratoriya uskunalari yetkazib berilsa, kabinetda tölaqonli dars ötiş imkoniyati ham paydo böladi.

Maktab öquvçilari qölini yuvişi uçun rakovinalar va isituvçi moslama ham örnatildi.