DW naşrining mahalliy politsiya maʼlumotlariga tayanib xabar berişiça, hodisa 15-oktabr kuni yuz bergan. Halok bölgan bolalar beş, sakkiz va ön bir yoşda bölgan. Jabrlanganlarning aniq soni hozirça maʼlum emas.
CNN maʼlumotiga köra, maktabda 16 yoşli ösmir öq uzgan. Uning ismi va hujum sabablari hozirça oçiqlanmagan. Dastlabki maʼlumotlarga köra, hujum vaqtida maktabda qariyb 400 nafar bola va 40 nafar xodim bölgan.
Telekanal mahalliy politsiyaga tayanib, hujumçi huquq-tartibot organlari xodimlari yetib kelguniga qadar öldirilganini xabar qildi. Qurollangan ösmirning maktabga bostirib kirganini körgan mahalliy aholi vakili uni töxtatgani aytilmoqda.
Huquq-tartibot organlari hodisa tafsilotlarini örganmoqda.












