"Xalq mudofaasi kuçlari" otryadi (XMK) Damaşqqa XMK egallab turgan hududlar ustidan nazorat örnatişni taklif qildi.
"Biz hukumat qöşinlariga bizning kuçlarimiz tark etayotgan hududlar, jumladan Manbij ustidan nazorat örnatişni va bu hududlarni Turkiya bosqinidan himoya qilişni taklif qilamiz", deyiladi kurdlar bayonotida.
Şuningdek, bayonotda aytilişiça, XMK bor kuçini Frot şimolidagi IŞID terrorçi guruhiga qarşi kuraşga safarbar qilişni rejalaştirmoqda.
Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Suriyadan Amerika qöşinlari olib çiqib ketilişini ma'lum qilgandi. Şundan söng Turkiya Suriya şimolida XMKga qarşi yangi harbiy operatsiya ötkaziş böyiça tayyorgarlik işlarini faollaştirdi.














