Mamlakatimiz aholisining asosiy qismi qişloq joylarda yaşaydi. Turli sohalarda muammolar eng köp uçraydigan hudud ham qişloqlardir.

Mavzuga qaytib

Qişloq aholisi yaxşi şaroitlarda yaşaşi uçun eng maqbul yöl, joylarda işlab çiqariş korxonalarini köpaytirişdir.

Şuning uçun bu borada hukumatning juda köp qarorlari qabul qilinayotgani ham bejiz emas. Qişloqqa sanoatni olib kiriş jamiyatimizdagi eng oğir kamçiliklardan bölgan - işsizlikka barham beradi. Şu bilan birgalikda, aholi farovonligi oşadi, bozorlarimizga çet eldan kirib kelayotgan tovarlar örnini özimizning mahsulotlar egallaydi. Iqtisodiyot rivojlanadi.

Ammo, biroq, lekin... Qişloqda işbilarmonlik qilişdan oğirroq iş yöq. Sababi esa köpçilikka ayon. Elektr va gazsiz korxona yuritib böladimi?

2018 yil 1 dekabr kuni Kun.uz saytida «Farğonalik tadbirkorning mehnatlari elektr tanqisligi oqibatida puçga çiqmoqda(mi?)» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi.

Maqolada Farğona tumani, Xonqiz qişloği, Soyböyi mahallasi guzarida tadbirkor Timurbek Abdumajidov böş turgan binoda qişloq ahli uçun eng zarur bölgan - non mahsulotlari işlab çiqariş, tikuvçilik sexi, qişloq xöjalik mahsulotlarini saqlaş uçun sovutkiçli kamera va turli maişiy xizmat şoxobçalarini yuritişga bel boğlab, mahallada istiqomat qiluvçi 17 kişini doimiy iş bilan ta'minlagani haqida yozilgandi. Şuningdek, tadbirkorning eng katta muammmosi elektr ta'minotidagi uzilişlar ekani tanqid ostiga olingandi. Axir, elektrsiz korxona yuradimi?  

Maqoladan söng Timurbek Abdumajidov tahririyat bilan boğlanib, viloyat va tuman hududiy elektr tarmoqlari mutasaddilari kelib, tadbirkor bilan elektr ta'minotini jadval asosida barqaror ta'minlaş böyiça dalolatnoma tuzilganini aytgandi.

Lekin tadbirkor va qişloq ahlining quvonçi uzoqqa çözilmagan.

«Muxbir aka, umidlar puçga çiqdi. Korxonani yopyapmiz»

E'tiboringizni bor mablağini qişloqda işlab çiqarişni yurgizib, mahalladoşlarini iş bilan ta'minlaşga bel boğlagan tadbirkordan kelgan maktubga qaratamiz.

«Assalomu alaykum, Kun.uz ijodkorlari. Bir oy oldin saytingizda korxonamizdagi ahvol böyiça maqola çiqqandi. Şundan söng, tuman hamda viloyat elektr tarmoqlari vakillari bilan özaro kelişilgan grafikka asosan öçiriş böyiça dalolatnoma tuzildi. Uç hafta elektr ta'minotidan muammosiz yaşadik. Tabiiy gaz ne'matidan mahrum qişloq aholisini uzluksiz elektr ta'minoti judayam baxtiyor qilgandi. Biroq, ayni kunlarda elektr ta'minoti yana eski holiga qaytdi. Kunduzi 3-4 soat elektr berilyapti. Qişloqda tadbirkorlik qiliş uçun bor bisotimni investitsiya qilayotganimda, tajribali kişilar qişloqqa pul tikmaslikni, tadbirkorlik bilan şaharda şuğullaniş lozimligini maslahat berişgandi. Men esa qişloğim farovonligiga öz hissamni qöşiş, öz hamqişloqlarimni iş bilan ta'minlaşni niyat qilgandim.

Afsuski, hamma narsa men orzu qilgandek bölmas ekan.

Muhtaram prezidentimiz, qişloq hayotini yaxşilaş, qişloq joylarda işlab çiqariş va xizmatlar sohasini rivojlantiriş, qişloq aholisining iş bilan bandligini ta'minlaşga alohida e'tibor qaratib turgan bir vaqtda mutasaddi rahbarlar qişloq joylarda kommunal sohani rivojlantiriş, tadbirkorlarga qulay şaroitlar yaratiş haqida boş qotirişni istamayotgandek, göyo.

Qişloqda bir neça tadbirkor bor. Hammaning xayolida bitta savol: «Muammolar qaçon yeçim topadi?». Na gaz bor, na elektr energiyasi. Aholi va tadbirkorlar uçun ham aqalli bittasini yetkazib beriş kerakku?!

«Öztransgaz» hamda «Özbekenergo» mutasaddilari murojaatlar izidan joylarga çiqib, haqiqiy holat bilan yaqindan tanişişlarini, qoronğu va sovuq uyda yaşayotgan odamlarning holatini öz közlari bilan körişlarini, aholi dardini özlarida his qilişlarini istardik.

Axir biz elektr va gazni tekinga berişni söramayapmizku? «Bizga ham elektr energiyasi va gaz sotinglar», deb yolvoryapmiz xolos. His-hayajon bilan «Öztransgaz» hamda «Özbekenergo» faoliyatdan şikoyat qilar ekanmiz, bu resurslarni kimga qançaga sotiş kerakligini belgilab beradigan boşqa vazirliklar mojaroni çetdan tomoşa qilişadi.

Ayrim vazirliklar «Öztransgaz»ning budjetga tölayotgan soliğiga mahliyo bölmasdan limit belgilaşda içki iste'molçilar talabini ham hisobga olişini sörardik. Modomiki, içki elektr energiyasi bilan öz ehtiyojlarimizni qondirolmayotgan ekanmiz, import qiliş çoralarini köriş kerak emasmi?

Axir, bu kabi salbiy holatlar millionlab kişilarning qiyinçilikda kun körişiga, minglab tadbirkorlarning faoliyatiga va bu orqali neça yuz minglab aholi bandligini ta'minlaşga tösiq bölyaptiku?

Prezidentimiz öz vazifasiga kirişgan kundan boşlab qança-qança islohotlarga qöl urdi va bu harakatlarning barçasi xalqni rozi qilişga qaratilganini bot-bot takrorladi.

Hurmatli mutasaddilar, sizlardan oddiy Özbekiston fuqarosi sifatida öz vazifangizga sidqidildan yondaşib, xalq manfaatlarini öylab harakat qilişingizni sörayman. Özbekiston xalqining taqdiriga bevosita daxldorligingizni, ularning baxtiyor yaşaşi ham yoki buning aksi bölişi ham sizning qölingizdaligini his qilib turişingizni xohlaymiz.

Mana bugun şaroit yöqligi uçun faoliyatimni töxtatişga majbur bölyapman. Axir, özim hovlimdan gaz qazib ololmayman yoki elektr işlab çiqarolmayman.

Balki, qaçondir bu işga mas'ul taşkilotlarning ham bizning qişloqqa qadami yetib, muammolarimiz öz yeçimini topsa, yana qayta urinib köraman. Ungaça, esa barçadan 17 fuqaroni işsiz qoldirayotganim uçun uzr sörayman».

«Qölni yuvib, qöltiqqa artdim. Işçilarga javob berib yubordik»

6 yanvar kuni tadbirkor bilan yana gaplaşdik.

«Aka, maktubimni çiqarmasangiz ham mayli. Tadbirkorlikdan könglim sovib ketdi. Yangi yil bayrami kunlari tok uç-tört kun yondi. 2 yanvardan yana öşa eski holat. Kunduz kunlari uç-tört soat elektr berilyapti. Korxona işini töxtatdik. Işçilarga javob berib, xayrlaşdim. Bor-budimni sarflab, yugurib yölga qöygan işlab çiqarişim ziyonlar bilan yakuniga yetdi. Mijozlarim ham köpayib qolgandi», deydi Timurbek.

Şu tariqa, Farğona viloyat va tuman elektr tarmoqlari va gaz idoralari mutasaddilari öz işiga mas'uliyatsizlik bilan qaragani oqibatida bir tadbirkorning işi «sindi». 17 kişi işsiz qoldi. 17 oila qora qozonini qaynatayotgan korxona faoliyati töxtadi.

Tadbirkorning maktubi orqali bugungi kunda prezidentimiz tomonidan qöyilayotgan talablarga mahalliy hokimiyat vakillari qay darajada mas'uliyat bilan yondaşayotganidan boxabar böldik.

Ahvol şunday davom etaversa - «Farğona qişloqlarida qaçon tong otadi?».

Elmurod Ermatov,

Kun.uz muxbiri