Turkmanistonga qarşi öyinning birinçi bölimidagi bir holat köpçilikning e'tiboriga tuşgan bölişi tabiiy. Töpni qabul qilayotganda Jaloliddin Maşaripov juda çiroyli fint işlatdi, bu esa terma jamoamiz boş murabbiyi jahlini çiqarib yubordi. Kuper bu harakatlar uçun Maşaripovni yaxşigina koyibdi ham. Voqeani e'tiborsiz qoldirganlar öyindan keyin, yarim himoyaçimizning intervyusidan bilib olişgani şubhasiz.
«Men işlatgan fintim uçun murabbiydan gap eşitdim. Lekin men yoşligimdan braziliyalik futbolçilarga havas qilib ulğayganman. Çiroyli öyin muxlislarga yoqadi va biz albatta, muxlislarga yoqadigan öyin qilişni istaymiz», – dedi futbolçi.
Aslida bu yerda heç qanday ziddiyat yöq. Har kim öz vazifasini qilganda sodir böladigan iş holati. Balki, alohida e'tibor berişga arzimas. Ammo vaziyat Maşaripovning tilidan matbuotga ham köçgan ekan, ba'zi örinlarga töxtalib ötmasak bölmaydi. Ektor Kuper aslida çiroyli futbolga qarşi ekan, degan notöğri taassurot ham paydo bölmasligi kerak.
Xöş, Kuper nega futbolçining oddiy, çiroyli qiliği uçun bu darajada asabiylaşdi?
Birinçidan,
Kuper Lotin Amerikasidan kelgan va Ispaniyada uzoq vaqt işlagan. U yerda bunday vaziyatlarga köp duç kelişadi va hosil bölgan qoida-ölçovlar bor. Masalan, har qanday fint maqsadiga qarab ikkiga bölinadi: 1) raqibni çalğitiş orqali foyda çiqariş; 2) raqibni mazax qiliş.
Birinçi holat futbolning bir qismi va bu doim muxlislar tomonidan ham, murabbiylar tomonidan ham olqişlanadi. Futbolçi kutilmagan harakat bilan raqibni çalğitib, özi yoki şerigini qulay vaziyatga çiqarişi mumkin.
Ikkinçi holatda, keraksiz paytda raqib ustidan mazax qiliş uçun işlatilgan fint qoralanadi. Aynan bir vaziyatni qaysi holatga kirişini aniqlasa böladi, masalan, hisob yirik bölib turganda, maydon markazida şunçaki, fint orqali sezilarli qulaylik yaratilmaydigan vaziyatda işlatilgan fintlar raqib ustidan kuliş deb baholanadi. Bunday fint uçun bemalol raqib futbolçilari jiddiy e'tiroz bildirişga haqlari bor, hatto hakam fint işlatgan futbolçini sariq kartoçka bilan siylaş holatlari bölgan. Çunki bunday harakatlar öyin muhiti ham izdan çiqişiga sabab böladi. Neymarning «Atletik» bilan öyinda aynan bir fint tufayli raqib himoyaçilari bilan janjallaşib ketganini va bir öyinda hatto fint uçun Neymarga sariq kartoçka körsatilganini eslasangiz kerak.
Aynan şunday ölçovlar asosida Kuper Maşaripovning bu harakatini notöğri deb baholagan bölişi tabiiy va şogirdini jiddiyroq bölişga, körsatmalardan çetga çiqmaslikka çaqirişi normal holat. Fint maydon markazida işlatilgandi va qandaydir vaziyat yaratiş uçun emas, Maşaripovning özi ham tan olganidek, muxlislar uçun amalga oşirilgandi.
Ikkinçidan,
Öşa vaziyat paytida Özbekiston özi uçun juda qulay hisobga erişib bölgandi. Bunday pallada murabbiyning xayolida öyin tizgini, kartinasi va ssenariysining saqlanib qolişi va eson-omon öyin tugaşi haqida öylay boşlaydi. Balki, mana şunday xotirjamlik saqlanib qolsa, u turli almaştirişlar va körsatmalar orqali, şogirdlarini boşqaçaroq bir uslubda sinab olişi, yöl-yölakay keyingi öyinlar uçun zamin tayyorlaşni rejalaştiradi. Rostdan ham Turkmaniston tuşkunlikka tuşib qolgan, öyinni deyarli taşlab yuborgandi.
Maşaripovning finti, ya'ni raqibga bölgan bu munosabati turkmanlarning jahlini çiqarib yuborişi va balki u yerda kiçik janjal yuzaga kelişi mumkin edi. Natijada öyin jiddiylaşib ketardi. Ikki jamoa futbolçilariga ham ta'sir qilib, öyinni deyarli boşqarib turgan hisob hammaning esdan çiqişi va maydonga kuraş qaytişi turgan edi. Bu esa, turli yakkakuraşlarga, balki keraksiz jarohatlarga, kartoçkalarga sabab böliş ehtimoli yaqin.
Xöş, bunday özgariş qaysi murabbiyga kerak? Kuper buni istamasdi albatta. Gap bu yerda uning futbolga öta pragmatik qaraşi va uslubida ham emas. Uning örnida har qanday murabbiy, hatto öşa çiroyli futbol namoyondasi deb aytiladigan Gvardiola yoki Klopp ham hal qilingan öyinning boşqa tarafga burilişini istamagan, şogirdining bunday harakatiga qarşi bölardi albatta. Töğri, ba'zi murabbiylar darhol reaksiya bildiradi, ba'zida tanaffusda körsatmalar orqali bunday öynaşdan qaytariladi, ba'zida futbolçidagi işonçni öldirmaslik uçun indamaslik ma'qul köriladi. Aynan keça, Kuper birinçi yölni tanladi, şu xolos.
Bu yerda heç kimda ayb yöq. Istardimki, Maşaripov yoki boşqa futbolçilar ham keyingi öyinda ham mana şunday fintlar qilişsin. Kuper yana uni koyisin, futbolçi norozi bölib öyindan keyin yana intervyu bersin. Roziman. Menimça, murabbiy ham rozi bölardi bundan.
Axir xuddi keçagi öyin kabi, uning jahlini çiqargan yagona holat şogirdining finti bölsa, naqadar ajoyib, töğrimi?..
Qahramon Aslanov












