"Alp Jamol bank" egasi Muhiddin Asomiddinov ötgan hafta oxirida Toşkentga qaytgan. Qator naşrlar tarqatgan xabarga köra, u 2010 yil mart oyida, bu bank tugatilişidan avval Özbekistondan çiqib ketgan.
Kun.uz uşbu ma'lumotga oydinlik kiritişni sörab, Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonovaga murojaat qildi.
Uning aytişiça, "Alp Jamol bank" kuzatuv kengaşining sobiq raisi Muhiddin Asomiddinovga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-, 184- va boşqa moddalari bilan qözğatilgan va keyinçalik uning qidiruvda bölganligi sababli töxtatilgan jinoyat işi hozirda M. Asomiddinovning öz ixtiyori bilan qaytib, tergovga jalb qilinganligi sababli qayta tiklangan.
«Ayblanuvçining sodir etgan qilmişidan puşaymonligi, yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravişda töliq qoplaganligi va tergov bilan faol hamkorlik qilayotganligi nuqtai nazaridan unga qöllanilgan qamoq ehtiyot çorasi munosib xulq-atvorda böliş töğrisidagi tilxatga özgartirildi», - dedi Boş prokuratura rasmiy vakili.
Qayd etilişiça, hozirda jinoyat işi böyiça tergov harakatlari Boş prokuratura tomonidan olib borilmoqda.
2010 yil mart oyida Özbekiston Markaziy banki "Alp Jamol bank" litsenziyasini bekor qildi. Bank rahbariyati, "Özbekiston Respublikasi Markaziy banki töğrisida"gi qonunning 53-moddasi hamda "Bank va bank faoliyati töğrisida"gi qonunning 14- moddasi asosida "bank qonunçiligini buziş"da aybdor deb topilgandi.
Xabarlarga köra, 2010 yil 1 yanvariga kelib "Alp Jamol bank" aktivlari 118,6 mlrd sömga yetgan, bankning jismoniy va yuridik mijozlari soni esa 155 mingdan oşgan.
2011 yil mart oyida "Alp Jamol bank"ning köçmas va noköçmas mulklari davlat foydasiga musodara etilgan.








