Zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilmoqda
“O‘zbekenergo” AJda Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish uchun keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Davlatimiz rahbarining 2018 yil 23 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, o‘tgan yil 30 noyabrda Toshkent shahrida Janubiy Koreyaning «KT Corporation» kompaniyasi bilan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini, SCADA – avtomatlashtirilgan dispetcherlik tizimi hamda axborot boshqaruv tizimlari (ERP) boshqariladigan yagona respublika ma'lumotlarni qayta ishlash markazini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolangan edi. Ushbu Markazda yetakchi ishlab chiqaruvchilarning eng zamonaviy uskunalaridan foydalanish ko‘zda tutilgan.

Hozirda elektr energiyasini ishlab chiqarish, tashish va taqsimlash bo‘yicha energetika tizimining barcha korxonalarini, jumladan, barcha elektr energiyasi iste'molchilarini qamrab oladigan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini, shuningdek, SCADA – avtomatlashtirilgan dispetcherlik tizimini joriy etish bo‘yicha ishlari boshlandi.
Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi loyihasining 1 bosqichi (Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyati)da amalga oshirish davomida Osiyo taraqqiyot bankining iqtisod qilingan mablag‘lari hisobidan tashkil etiladi va 2019 yil 1 sentyabrgacha ishga tushirilishi mo‘ljallangan.
Bundan tashqari, SCADA – avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi tizimini yaratishni moliyalashtirish masalalarini hal qilish maqsadida joriy yilning 11 yanvar kuni “Eximbank”ning Seuldagi bosh ofisida “O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Jahongir Obidjonov va “Eximbank” direktori Von Suk Xa o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish yakunida tegishli tadqiqotlar o‘tkazish va yuqori malakali xorijiy maslahatchilar yordamida loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash uchun grant ajratish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Ushbu loyihaning texnik-iqtisodiy asosi ma'qullanganidan so‘ng, “Eximbank” loyihaga 20 yil muddatga imtiyozli kredit ajratadi.

E'tiborli jihati, SCADA – avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi tizimining joriy etilishi elektr qurilmalari ish rejimining optimallashtirilishi va inson omili tufayli yuz beradigan avariyaviy o‘chishlar oldi olinishi orqali iste'molchilarning elektr energiyasi bilan ta'minlash ishonchliligini oshirishga yordam beradi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17
-
AQShda oqqush gavjum shossega yugurib chiqib, avtomobillar harakatini deyarli to‘xtatib qo‘ydi (video)
Jahon | 14:58
-
O‘zbekiston fuqarolari Xorvatiyaga ishlash uchun jo‘natiladi
O‘zbekiston | 14:43
-
Zelenskiy AQShning Rossiyaga nisbatan «kuchli qadamlari» haqida ogohlantirdi
Jahon | 14:39
Mavzuga oid

13:02 / 09.05.2019
“Andijon hududiy elektr tarmoqlari” jamiyati 2019 yil davomida rivojlanish yo‘lidan boradi

12:47 / 02.05.2019
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Telegram kanali ish boshladi

16:02 / 29.08.2018
«O‘z kasbining mohir ustasi» ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi

12:58 / 23.11.2017