Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan hujjatga köra, elektr energiyasi balansi böyiça 2017 yil aholiga 12 milliard kilovatt soat elektr energiyasi yetkazib beriş rejalaştirilgandi. Ötgan 10 oyli davr içida respublika böylab, 39,8 milliard kilovatt elektr energiyasi iste'molçilarga yetkazib berilgan bölib, şundan 10 milliard kilovatt energiya aholi talabini qondiriş uçun ajratilgan. Bu haqda «Özbekenergo» AJ boşqaruv raisi örinbosari Röziqul Rayimov KUN.UZ muxbiriga xabar qilgan.
Ma'lum qilinişiça, 2017 yil dekabr oyidan to 2018 yil 1 aprel kuniga qadar 2016/17 yilgi kuz-qiş mavsumida respublika böylab jami yetkazib berilgan elektr energiya hajmidan 1,377 milliard kilovatt soat köproq yetkazib beriş maqsad qilingan. Şulardan, qişki mavsum uçun tuzilgan rejadagi taqsimotdan 500 million kilovatt soat köp elektr energiyasi aholi iste'moli uçun yetkazib berilişi kutilmoqda.
«Energosotiş» filiali direktori örinbosari Botir Alimovning KUN.UZ'ga ma'lum qilişiça, “qişki mavsumda energiya yetkazib beriş taqsimotini şakllantiriş asosan uni işlab çiqarişga sarflanadigan yoqilğiga boğliq“.
«Bu yil asosiy e'tiborni Farğona, Andijon va Namangan viloyatiga qaratmoqdamiz. Gap şundaki, avval, Qirğiziston Respublikasidan sotib olingan elektr energiyasi vodiy aholisiga yetkazib berilgan, bugungi kunda şu omil tufayli elektr energiyasini yetkazib berişda tanqislik yuz bermoqda. Şuningdek, 2017 yil 10 oy yakunidagi sarhisobga e'tibor qaratsak, tahlillar şuni körsatadiki, vodiy viloyatlarida aholi köp va iste'mol sarfi ham nisbatan oşiqça bölişi tabiiy», – deydi Botir Alimov.
Hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng köp elektr energiyasi Samarqand viloyati va vodiy viloyatlariga yetkazib berilgan. 2017 yilning 10 oyida Samarqand viloyati aholisiga 216 million kilovatt soat, Andijon viloyatiga 132 million kilovatt soat, Namangan viloyatiga 134 million kilovatt soat, Toşkent viloyatida istiqomat qiluvçi aholiga esa 125 million kilovatt soat elektr energiyasi yetkazib berilgan.

















