Rossiya Tergov qömitasi jurnalistlarni Magnitogorskdagi fojiaga aloqador ekanliklari haqida ma'lum qilişayotgan terrorçilik taşkilotlari xabarlariga işonmaslikka çaqirdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, bu haqda RF Tergov qömitasi rasmiy vakili Svetlana Petrenko bayonot bergan.

Uning ta'kidlaşiça, tergovçilar Magnitogorskda qulagan uyning vayronalari ostida portlovçi modda izlarini aniqlaşmagan. Şuningdek, Petrenkoning qöşimça qilişiça, gaz portlagani haqidagi versiya ustuvor bölib qoladi.

Tergov qömitasidan qöşimça qilişlariça, terrorçilar «dunyoning turli mamlakatlaridagi barça şov-şuvli hodisalarni özlariga qöşib qöyişadi».

Eslatib ötamiz, avvalroq IŞID Magnitogorskdagi portlaşlar uçun mas'uliyatni öz zimmasiga olgandi.