Moldova politsiyasi ma’lumotiga köra, hodisa 9-avgust kuni Ştefan-Vode tumanidagi Krokmaz qişloği yaqinida sodir bölgan.

Dastlab uşbu hududda kuçli portlaş ovozi eşitilgan, şundan keyin quruq ösimliklar yonib ketgan. Voqea joyiga politsiya xodimlari, öt öçiruvçilar hamda texnik va portlovçi moddalar böyiça mutaxassislar yetib kelgan.

Tekşiruv davomida uçuvçisiz apparat aholi punktidan taşqaridagi örmonzor hududga qulagani aniqlangan.

Mutaxassislarning dastlabki xulosasiga köra, portlaş yerdan taxminan 2,5 metr balandlikda, apparat daraxtga urilganidan keyin sodir bölgan.

Portlaş natijasida dron parçalari katta hududga soçilib ketgan. Politsiya ma’lumotiga köra, Krokmaz qişloğidagi bir neçta xöjalikka ham zarar yetgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot keltirilmagan.

Apparat “dron-raketa” bölişi mumkin

Hodisa joyini közdan keçiriş jarayonida mutaxassislar jangovar uçuvçisiz apparatga tegişli bölişi mumkin bölgan bir qator fragmentlarni aniqlagan.

Topilgan parçalarning ayrim xususiyatlari boşqariladigan raketa komponentlariga öxşaş ekani qayd etilgan. Şu sababli dastlabki taxminlarga köra, qulagan apparat “dron-raketa” turiga mansub bölişi mumkin.

Apparatning aniq turini belgilaş uçun politsiyaning texnik-portlaş bölimi xodimlari jalb qilingan.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar dron qayerdan uçib kelgani va uning Moldova hududiga qanday şaroitda tuşganini aniqlaş böyiça tekşiruvni davom ettirmoqda.

Moldovada 28 ta raketa va dron parçalari topilgan

Moldova Mudofaa vazirligi ma’lumotiga köra, Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi boşlanganidan buyon mamlakat hududida raketa va uçuvçisiz apparatlarga tegişli jami 28 ta fragment aniqlangan.

Ular orasida Eronda işlab çiqarilgan Shahed turidagi dronlar hamda Rossiyaning “Gerbera” uçuvçisiz apparatlari parçalari ham bölgan.

Vazirlik ma’lumotiga köra, 12 ta holatda Moldova hududida topilgan dronlar portlovçi moddalar bilan jihozlangan bölgan.