Rossiyalik ijodkorlar tomonidan yaratilgan“Maşa va Ayiq” mulserialining “Maşa plyus kaşa” deb nomlangan seriyasi YouTube’da eng köp köriluvçi animatsion rolikka aylandi va bu natija uçun Ginness rekordlar kitobiga kiritildi.
Bugungi kunda mulserialning bu seriyasi 3,3 mlrd marta tomoşa qilinib, YouTube tarixida eng köp köriluvçi kontentlar beştaligiga kirgan yagona animatsion video böldi.
Joriy yil yanvarda mulserial ilk seriyasining çiqqaniga 10 yil töldi.
2018 yil noyabrda The Times naşri ğarb tanqidçilari serialni Kreml taşviqoti quroli deb ataşganini ma'lum qilgan.
“Maşa – dadil va ançagina yoqimsizdir, biroq şu bilan qat'iy. U boşidan balandroq sakraydi”, deb aytgan Bukingem universiteti professori Entoni Glis. Olimning fikriça, Maşa Rossiya prezidenti Vladimir Putin uslubida harakat qiladi.
Uç ölçovli grafika yordamida yaratilgan mulserial ilk bor ekranlarga 2009 yil 7 yanvarda çiqqan.








