Özbekiston terma jamoasi a'zosi Dostonbek Hamdamov faoliyatini Özbekiston Superligasida davom ettiradi.
Tribuna.uz manbasiga köra, transfer huquqi Mahaçqal'aning «Anji» klubiga tegişli bölgan bu futbolçi yaqin vaqtlar içida Toşkentning «Paxtakor» klubi safiga qöşiladi.
Futbolçining özi ma'lum qilişiça, u «şerlar» bilan 2 yillik şartnoma imzolaydi va yangi klubida 17-raqamli futbolkada töp suradi.
Ayni vaqtda «Anji» Kislovodsk şahrida 27 nafar futbolçi bilan yiğin ötkazmoqda, ular orasida Hamdamov yöq. U ayni vaqtda, Osiyo Kubogidan keyin Toşkentga qaytgan.
Yaqin vaqtlar içida tomonlar transfer haqida rasman e'lon qilişi kutilmoqda.
Ayni vaqtda 22 yoşda bölgan Dostonbek Hamdamov futbolçilik faoliyatini Sirdaryoning «Yangiyer» klubida boşlagan, keyin «Bunyodkor» akademiyasiga ötgan. U 2014 yilda «qaldirğoçlar»ning asosiy tarkibida debyut qilgan va jamoada 3 mavsum davomida töp surgan. U bu davr mobaynida jamoa uçun 82 öyin ötkazib, 33 gol urgan, jamoa bilan bir marta Özbekiston Superkubogini qölga kiritgan.
«Anji» 2018 yil bahorida uni öz safiga qöşib olgan va u bilan 1,5 yillik şartnoma tuzgandi.
Dostonbek Hamdamov 2013 yilda Özbekiston ösmirlar jamoasi a'zosi bölgan, 2014-15 yillarda Özbekiston yoşlar jamoasida, 2016 yildan Özbekiston olimpiya terma jamoasi safida mamlakat şarafini himoya qilgan. 2016 yilda milliy terma jamoaga çaqirilgan. U 2015 yilda Osiyoning eng yaxşi yoş futbolçisi sifatida e'tirof etilgandi.
«Paxtakor» bundan oldinroq «Bunyodkor»ning sobiq futbolçilari Akrom Komilov va Sardor Sobirxöjayev, şuningdek, «Navbahor»dan Aziz Turğunboyevni öz safiga qöşib olgandi.
Osiyo Kubogi. Doston Hamdamov – Özbekiston termasi safida eng köp dribling işlatgan futbolçi











