Denovdagi Said otaliq madrasasi ança ayançli ahvolga kelib qolgan, u qulaş arafasida, deyiladi «Oila davrasida»​ gazetasidagi maqolada (2019-yil, 2-son).

Foto: Xalq sözi /Ilhom RAHMATOV

Jurnalist Uluğbek Jumayev​ga köra, obidaning ustidan muttasil suv ötgani yetmagandek, devorlari yemirilib, kundan-kunga çökib bormoqda. Yomğir obida içiga uzluksiz ravişda tuşib, uni vayrona holga keltiryapti.

Foto: Xalq sözi /Ilhom RAHMATOV

«​Aslida uç halqali bölgan qörğonning bugun bir halqasining yarmi ham qolmagan. Yaqin atrofdagi aholi çiqindini ham şu yerga taşlab ketadi. 

Madrasa XVI asrda Xoja Alouddin Attorga atab qurilgan bölib, bu zot Bahouddin Naqşbandning kuyovlari hisoblanadi.Inşoot u kişining öğillari va nevaralari tomonidan 26 yil davomida qurib bitkazilgan. Ilgari binoning röparasida xuddi şunga öxşaş imorat bölgan ekan. Lekin u şörolar zamonida imi-jimida buzib yuborilgan, qadimiy ğiştlari esa temir yöl vokzalidan boşlab to hozirgi hokimiyat binosiga qadar çözilgan yölga töşab çiqilgan...

Foto: Xalq sözi /Ilhom RAHMATOV

Ammo Said Otaliq madrasasining ham sovetlar qölidan omon qolganiga heç bir maqtangulik holi yöq. Binoning ayrim hujralarda ovqat pişirilib, obida devorlarida tutun izlari esdalik bölib qolmoqda»​, –​ deb yozadi u. 

Foto: Xalq sözi /Ilhom RAHMATOV
Foto: Xalq sözi /Ilhom RAHMATOV

Muallif Uluğbek Jumayevning sözlariga qaraganda, bundan yigirma yillar muqaddam Samarqand va Buxorodan kelgan ustalar bu obidani ta'mirlaş işlarini boşlaşgan. Bunga obida peştoqidagi qurilişdan darak berib turgan temir havozalar ham isbot böladi. Ammo negadir iş çala qolib ketgan. To hanuzgaça havozalar öz joyidan bir qadam bölsa-da siljimay zanglab yotibdi.