Beeline Uzbekistan boş direktori Dmitriy Şukov joriy yilning 1 martida lavozimni tark etadi. Bu haqda VEON kompaniyalar guruhi matbuot xizmati xabar qildi.
Ma'lum qilinişiça, uning örnini Sergey Afonin egallaydi.
Sergey Afonin VEON Group’ga 2016 yili Beeline Russia’ning janubiy hududiy filiali direktori sifatida qöşilgandi. U bu lavozimda rivojlaniş strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oşirgan va kompaniyaning bozordagi uluşi köpayişiga erişgan. U öz vaqtida Rossiyada FMCG kompaniyasida ham tijorat direktori sifatida işlagan.
Veon Group ijroçi direktori va raisi Sergey Afoninni turli sohalarda, jumladan, telekommunikatsiya sohasida katta tajribaga ega ekanini ta'kidlab, uning boşqaruv usullari va yetakçilik xususiyatlariga yuqori baho bergan.
Dmitriy Şukov 2015 yilning sentyabridan buyon Özbekistondagi «Bilayn»ga boşçilik qilib kelmoqda. U 2006 yilning oktabr oyidan 2015 yilning sentabr oyiga qadar MTS va AMK Sistema guruhi tarkibida faoliyat yuritgan, 2012 yilning mayidan 2013 yilning martigaça Özbekistonda MTS kompaniyasiga ham rahbarlik qilgandi.
Şukov keyingi vaqtlardagi intervyulari bilan şov-şuv kötargandi. Xususan, u Spot.uz uçun bergan interyusida UMS uyali aloqa operatori ustav kapitalidagi davlat uluşi 100 foiz «Raqamli işonç» jamğarmasiga topşirilişi hamda xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga töğridan-töğri ulaniş huquqiga ega bölgani (uning boşqa raqobatçilarida bunday huquq yöq)ga munosabat bildirib, davlat operatorlariga imtiyozlar berilişi, xususiylariga esa jarimalar qöllanişini tanqid qilgandi.












