Texnologiya | 15:21 / 17.09.2015
3023
3 daqiqa o‘qiladi

Dmitriy Shukov O‘zbekistondagi “Beeline”ga boshchilik qiladi

2015 yilning 17 sentabr kunida “VimpelCom Ltd.” kompaniyalar guruhi “Yevraosiyo” hududi Dmitriy Shukov “Unitel” MChJ (O‘zbekistonda “Beeline” SB) bosh direktori lavozimiga tayinlangani haqida xabar berdi.

U ish faoliyatini “VimpelCom” kompaniyalar guruhi tashqarida davom ettirishga qaror qilgan Vladimir Petrovning o‘rnini egallaydi.

“Dmitriy ham telekommunikatsiya, ham o‘zga sohalardagi tezkor rivojlanib borayotgan bozorlarda katta tajribaga ega. Ishonaman, u biznesning raqamli transformatsiyalariga yangi temp bera oladi, shuningdek yangi mahsulotlar va servisga ahamiyat bergan holda O‘zbekistonda ishga qo‘yilgan loyihalarni muvaffaqiyatli rivojlantira oladi. Vladimir Petrovga uning faoliyati mobaynida “Beeline” guruhi erisha olgan muvaffaqiyatlar uchun minnatdorchilik bildirishni istayman va unga kelgusida omad tilab qolaman”, - deydi “VimpelCom” kompaniyalar guruhi “Yevraosiyo” hududi bosh direktori Mixail Gerchuk.

“O‘z tayinlovimni men avvalam bor Beeline kompaniyasining o‘n milliondan ziyod abonentlari va respublikaning telekom-sohasidagi yetakchilar qatoriga chiqargan guruh oldida katta mas'uliyat deb hisoblayman. Kompaniya xizmatlarini texnologik rivojlantirish, shuningdek ma'lumotlar uzatish borasida, mobil moliya xizmatlari va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish – bularning barchasini birinchi navbatdagi masalalar deb hisoblayman. Xizmatlar sifati va innovatsiyalar – brendning muvaffaqiyatli kelajagi garovi deb hisoblayman va ishonamanki, “VimpelCom”ning yangi strategiyasining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi O‘zbekiston bozorida ajoyib natijalarni ko‘rsatadi”, - deydi Dmitriy Shukov.

Ma'lumot uchun, Dmitriy Shukov 1997 yilda “Boshqaruv” mutaxassisligi bo‘yicha Sankt-Peterburg harbiy aloqa akademiyasini a'lo natijalar bilan tamomlagan, shuningdek Stokgolm iqtisod maktabida malakasini oshirgan.

Shundan keyin u 2000 yilda telekommunikatsiya sohasida o‘z faoliyatini boshlagan, 2002 yilning iyul oyidan DIXIS raqamli elektronika va uyali aloqa salonlari Rossiya tarmog‘ining biznesini rivojlantirish bo‘yicha direktor lavozimi egallagan, u yerda distribyutorlik tarmog‘i va savdo rivojlanishiga javob bergan. 2004 yilning avgust oyida TELE2 Russia distributsiya va savdolar bo‘yicha direktori lavozimini egallagan. 2006 yilning oktabr oyidan 2015 yilning sentabr oyiga qadar MTS va AMK “Sistema” guruhi tarkibida faoliyat yuritgan: avval Korporativ markazning marketing bo‘limida, keyinchalik esa Turkmaniston, O‘zbekiston va Hindistondagi bo‘linmalariga boshchilik qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish