22 yanvar kuni “Hi China” dunyo yoşlarini rivojlantiriş forumi boşçiligida Xitoy Xalq Respublikasidan 38 nafar talaba bilan birga 7 nafar kuzatuvçi doktor va professorlar Özbekistonga taşrif buyurdi. Mazkur taşrif doirasida “Yoş sardor X” loyihasiga start berilib, xitoylik va özbekistonlik talabalar örtasida döstlik aloqalari mustahkamlanmoqda. Loyiha ikki davlat talabalari örtasida ta'lim, turizm va innovatsion texnologiya yönalişlarida özaro tajriba almaşinuvi maydonini yaratadi.

23 yanvar kuni Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi “Yoşlar press-klubi”da “Yoş sardor X” loyihasining rasmiy oçiliş marosimi bölib ötdi. Unda Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi raisining birinçi örinbosari Alişer Sa'dullayev, Xitoy Xalq Respublikasining favqulodda va muxtor elçisining örinbosari Çjan Vençuan hamda delegatsiya a'zolari qatnaşdi.

— 2018 yilning 1 sentabr kuni Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi hamda “Hi China” dunyo yoşlarini rivojlantiriş forumi örtasida özaro hamkorlik memorandumi imzolangan. Bugungi taşrif esa uşbu memorandum ijrosi yuzasidan olib borilmoqda, – deydi Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi Xalqaro aloqalar bölimi mudiri Munisa Nurmatova. — Özaro hamkorlikda ötkazilayotgan “Yoş sardor X” loyihasida xitoylik talabalar 6 guruhga bölingan holda özbekistonlik talabalar bilan yoşlar turizmini rivojlantiriş, ta'lim sohasida innovatsiyalar yaratiş va Özbekistonga Xitoy investitsiyasini kiritiş böyiça öz bilim va könikmalarini bölişadi.

Tadbirda “Hi China” dunyo yoşlarini rivojlantiriş forumi faoliyati haqida prezentatsiya namoyiş etilib, Özbekistonga Xitoy investitsiyasini kiritiş böyiça fikr-mulohazalar yuritildi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi qoşidagi Yoşlar muammolarini örganiş va istiqbolli kadrlarni tayyorlaş instituti direktori Aktam Jalilov “Özbekistonning milliy şaroiti va rivojlanişi” mavzusida ma'ruza qildi. Xitoydan taşrif buyurgan professor Vang Çao Özbekistonda biznesni rivojlantirişga oid ma'ruza bilan iştirok etdi.














