Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdöğanning Kremldagi uçraşuvi konstruktiv muhitda ötdi, unda Suriya mavzusi muhokama qilingan. Bu haqda uçraşuv yakunlariga köra Putin jurnalistlarga ma'lum qilgan.
Putinning ta'kidlaşiça, Moskva va Anqaraning pozitsiyasi qat'iydir: Suriya inqirozining BMT rezolyutsiyasiga muvofiq siyosiy-diplomatik negizdagi uzoq muddatli yeçimiga erişiş lozim.
Uçraşuvda erişilgan kelişuvlardan biri yaqin orada Suriyadagi vaziyatni tartibga soliş böyiça Rossiya – Turkiya – Eron sammitini ötkaziş böldi. Rossiya yetakçisining ta'kidlaşiça, u Erdöğan bilan sammitni ötkaziş joyi va ötkaziladigan ehtimoliy sanasi böyiça kelişib olgan, faqat buni eronlik hamkorlar bilan muvofiqlaştirib oliş qoldi.
Uçraşuvda gap, şuningdek, AQŞning Suriyadan qöşinlarni olib çiqiş rejasi haqida borgan. Jumladan, Rossiya va Turkiya bu rejalar Suriyadagi vaziyatga qanday ta'sir qilişini muhokama qilişgan.
“Agar bunday qadamlar, rejalar haqiqatan amalga oşirilsa, bu ijobiy qadam böladi, u Suriyaning kurd tuzilmalari nazoratidagi bu notinç hududida vaziyatni barqarorlaştirişga yordam beradi”, deb aytgan Putin.
Şuningdek, uçraşuvda Idlib mavzusi atrofliça muhokama qilingan. Putinning ma'lum qilişiça, Idlibdagi vaziyatni barqarorlaştiriş böyiça qöşimça maslahatlaşuvlar ötkazilgan.
Erdöğan, öz navbatida, Turkiya va Rossiyaning Idlib böyiça hamkorligi davom ettirilişi, çunki “terrorçilikka qarşi kuraş bir martalik aksiya hisoblanmasligini”, maqsad Suriyada tinçlik-totuvlikka erişiş ekanini aytgan.
Erdöğan Rossiya va Turkiyada Suriyada xavfsizlik hududini yaratiş böyiça heç qanday muammo yöqligini aytgan. “Rossiya bilan bu masalada heç qanday muammo yöq, bu hududlar “Frot qalqoni” va “Zaytun şoxi” operatsiyasi davomida qilingandek terrorçilik unsurlaridan tozalanadi”, deb aytgan Erdöğan.
Hozirda Erdöğan Moskvada taşrif bilan qolmoqda.








