Rossiya va Yevropa örtasida harbiy mojaro yuz bergan taqdirda ğoliblar bölmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya - Afrika forumidan söng ötkazilgan matbuot anjumanida aytdi.
«Bu töğrimi-yöqmi, köpçilik 2030-yilgaça uruşga tayyorgarlik köriş kerakligi haqida gapirmoqda. Birinçidan, biz tayyormiz. Ammo Yevropa bilan heç qanday uruşni istamaymiz. Agar kimdir uruşni istayotgan bölsa, marhamat, tayyorgarlik köraversin», - dedi u.
Putin Ğarb Rossiyaga strategik mağlubiyat yetkaziş maqsadiga erişa olmaganini va 2030-yilga borib ham bunga erişişi dargumon ekanini taʼkidladi.
«Mabodo vaziyat haddan taşqari çuqurlaşib ketsa, mutlaqo ğoliblar bölmaydi. Buni heç kim unutmasin», - deya qöşimça qildi Rossiya prezidenti.
U, şuningdek, Rossiyada Birinçi va Ikkinçi jahon uruşlaridan olingan saboqlar yodda saqlanişi va bunday voqealar takrorlanmasligi uçun barça çoralar körilayotganini aytdi.

















