DW xabariga köra, rossiyalik jamoat arbobi Mixail Xodorkovskiy 3-noyabr kuni Bryusselda Rossiya Uruşga qarşi qömitasi konferensiyasida sözlagan. U Yevropa davlatlari Putinga yaqin doiralarda böliniş yuz berişiga kömaklaşiş uçun Rossiya elitasining nufuzli vakillariga uni qöllab-quvvatlaşga muqobil yöl körsatişi kerakligini aytgan.

Putinni mamlakat içkarisidagi kuçlar hokimiyatdan çetlatişi mumkinligi haqidagi savolga javob berar ekan, Xodorkovskiy Rossiya prezidenti öz xavfsizligini taʼminlaş tizimini yaratganini taʼkidlagan. Uning fikriça, yana bir muhim omil - Rossiyadagi taʼsirli odamlar Putinsiz öz ahvoli yaxşilanişiga işonç hosil qilmagan.

«Agar elitaning bölinişi haqida gapirayotgan bölsak, demak, har bir şaxs uçun alohida çiqiş imkoniyatlarini körsatiş kerak», - degan Xodorkovskiy.

Uning sözlariga köra, bunday çiqiş yöli mazkur şaxslar uçun muayyan yöqotişlarni ham nazarda tutişi mumkin. Biroq uruşning beşinçi yilida ham şunday imkoniyatlar mavjud emasligini u yevropaliklarning jiddiy xatosi deb atagan.

Xodorkovskiy konferensiyada bu yölning aniq şartlarini oçiqlamagan. Avvalroq esa rejim bilan hamkorlik qilgan odamlar uçun şunçaki unga qöşilmasligini bildiriş yetarli emasligini yozgan edi. U amaliy qadamlarga misol sifatida Ukrainaga xayriya qiliş va rejim jinoyatlarini suriştirayotgan tergovçilarga körsatma berişni keltirgan.

Rossiyadagi kelgusi siyosiy ötiş jarayoni haqida gapirar ekan, Xodorkovskiy uruşga aloqador şaxslarni sud qiliş va ularning huquqlarini çeklaşga urinişlar mamlakat içida qurolli qarşilikka sabab bölişi mumkinligini aytgan.

Uning taʼkidlaşiça, millionlab rossiyaliklar uruş bilan u yoki bu tarzda boğlangan. Ularning özlari yoki yaqinlari janglarda qatnaşgan, harbiy sanoat korxonalarida işlagan yoki hokimiyat örnatgan tartibni qöllab-quvvatlagan. Bu odamlar orasida qurol tutişga örgangan va özlariga nisbatan qöllanadigan çoralarga qarşilik körsatişga tayyor şaxslar ham bor.

«Biz lyustratsiya, kontributsiya va harbiy jinoyatçilar ustidan sudlar haqida gapirayotganimizda, yangi uruş haqida gapirayotganimizni tuşunişimiz kerak», - degan u.

Bu örinda lyustratsiya deganda avvalgi tuzum bilan boğliq şaxslarning davlat lavozimlarini egallaşini çeklaş, kontributsiya deganda esa uruş yakunida mağlub tomon zimmasiga yuklanadigan tölovlar nazarda tutiladi.