AQŞning birinçi xonimi Melaniya Tramp öz iştirokida Rossiya bosib olgan Oleşki şahrida erişilgan olti kunlik sulh «yanada mustahkam tinçlik»ka olib kelişiga umid bildirdi. U bu haqda 5-noyabr, payşanba kuni Oq uyda Rossiya va Ukraina vakillari bilan uçraşuvda gapirdi.

«Umid qilamanki, Oleşki tajribasi yanada mustahkam tinçlikka erişiş uçun turtki böladi. Har qanday katta özgariş kiçik bir uçqundan boşlanadi», - deya Trampning sözlarini keltirdi AFP agentligi.

Uning fikriça, AQŞ iştirokida Rossiya va Ukraina vakillari «şunçaki vaqtinça öt oçişni töxtatişdan köra uzoqroq davom etadigan natijaga erişişi mumkin».

Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning rolini alohida taʼkidlab, ularsiz «Oleşkida öt oçişni töxtatiş imkonsiz bölar edi», dedi.

«Ularning hamkorligi mintaqada tinçlikni ilgari suriş uçun muhim namuna yaratmoqda», - dedi AQŞning birinçi xonimi.

U har ikki rahbarga şaxsiy maktub yozganini va ularni ikki mamlakat vakillari orqali yetkazişini qöşimça qildi.

Tramp bilan uçraşuvda Lantratova va Lubinets qatnaşdi

Oq uyda AQŞning birinçi xonimi bilan Rossiya va Ukrainadan ikki nafardan vakil uçraşdi.

Moskva nomidan tadbirda Rossiyaning inson huquqlari böyiça vakili Yana Lantratova va prezidentning maxsus vakili Kirill Dmitriev iştirok etdi. Kiev nomidan esa Oliy radaning inson huquqlari böyiça vakili Dmitriy Lubinets hamda parlamentdagi «Xalq xizmatkori» fraksiyasi rahbari David Araxamiya qatnaşdi.

Lubinets AQŞning birinçi xonimiga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bir kun avval uni taqdirlagan I darajali knyaginya Olga ordenini topşirdi. Dmitriev esa unga Oleşkidagi bir qiz çizgan, oyna ostiga ramkaga solingan rasmni berdi.

Oleşkida öt oçişning töxtatilişi

Oleşki va şaharga tutaş hududlardagi sulh 27-oktabr kuni erta tongda boşlanib, 1-noyabr kuni keçqurun yakunlandi.

U Melaniya Tramp iştirokida tomonlar örtasida erişilgan kelişuvlar natijasi böldi. Moskva va Kiev uni öt oçişni töxtatişni taşkil etişdagi asosiy vositaçi deb atamoqda.