Nantdan Kardiffga xususiy samolyotda uçayotganda bedarak yöqolgan argentinalik futbolçi Emiliano Salaning oilasi u bölgan samolyotni qidiriş böyiça öz operatsiyasini boşladi. Bu haqda 27 yanvarda Daily Mail naşri öz saytida ma'lum qildi.

26 yanvardan qidiruv işlari futbolçi parvoz qilgan PA 46 Malibu samolyoti qulagani ehtimol qilinayotgan hududda ikki kema yordamida olib borilmoqda. Qidiruv işlarini davom ettiriş uçun mablağlarni GoFundMe xayriya sayti yordamida topişga muvaffaq bölingan.   

Ikki kundan kamroq vaqt içida 3,8 ming kişi futbolçi va samolyot uçuvçisi Deyv Ibbotsonni qidiriş uçun mablağlarni qoplaşga 300 ming yevrodan köproq pul ötkazib bergan. Jumladan, mablağlarni yiğiş kampaniyasida jahon futboli yulduzlari, xususan fransiyalik hujumçi Kilian Mbappe iştirok etdi. U saytga 30 ming yevro ötkazib bergan.

Futbolçi bölgan samolyot 21 yanvarda Fransiyaning Nantidan Uelsning Kardiffga uçayotganda Normand orollari hududida radarlardan yöqolib qolgan. Şundan keyin Fransiya, Buyuk Britaniya va Normand orollari mutasaddi idoralari tomonidan boşlangan qutqaruv operatsiyasi natija bermagaç, 3 kundan keyin töxtatilgan. Qutqaruvçilarning aytişiça, öşa vaqtga kelib yöqolganlarni tirik topiş ehtimoli juda oz bölgan.

Şunga qaramay futbolçining yaqinlari, hamkasblari va turli davlatlardan muxlislar qidiriş işlarini davom ettiriş kerakligini talab qilişgan.

28 yoşli futbolçi “Nant” klubidan “Kardiff siti”ga qişki transfer vaqtida ötgandi. U yangi klubi bilan 19 yanvarda 3,5 yillik şartnoma imzolagan.